Xiva shaxrida - Qadimgi Xorazm yangilangan kurgazmasi
Xiva «Ichan-Qal’a» davalat muzey qo‘riqxonasi Ko‘xna Ark majmuasida “Qadimgi Xorazm” kurgazmasi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligi arafasida zamonaviy uslubda, zamon talablariga mos ravishda reekspozitsiya kilinib, yangi eksponatlar bilan boyitildi va yangidan jixozlandi.
Bu ko‘rgazmaga tashrif buyurayotgan chet ellik va mahalliy sayyohlar qadim ibtidoiy davrdan XVII asrgacha bo‘lgan tariximizni namoyon etuvchi arxeologik topilmalar - assuariy (ostadon), sopol buyumlar, marmardan ishlangan choynak va qozon, qadimgi tangalar va boshqa noyob eksponatlarni katta qiziqish bilan tamosha qilmoqdalar.
Xorazmda inson xayotining eng qadimiy izlari - neolit davriga, ya’ni mazkur viloyatda tarixda “Kaltaminor madaniyati” deb atalgan davrga mansub qabilalar yashagan milloddan avaalgi IV ming yillik boshlariga to‘g‘ri keladi. Xorazm qadim zamonlardan buyon Volga – Don xavzasidagi skiflar, quyi Sirdaryo atrofidagi saklar, janubiy Turkmaniston va Buxoro vodiysi bilan tarixiy – madaniy aloqada bo‘lib kelgan.
Bu o‘lka Buyuk Ipak Yo‘li chorraxalarida joylashgan bo‘lib, u g‘arb bilan sharqni bir – biriga bog‘lovchi iqtisodiy va madaniy markazlardan biri bo‘lgan. Xorazmning boy va ko‘p qirrali tarixi qadim zamonlardan buyon xorijiy va yurtdosh olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qilib keladi.
L.Matrasulov . "Kadimgi Xorazm tarixi" bulim mudiri.