Markaziy Osiyodagi eng diqqatga sazovor shaharlardan biri — Xiva Amudaryoning chap sohilida, O‘zbekistonning hozirgi Xorazm viloyatining janubida joylashgan. Bu — mintaqada butunligicha saqlanib qolgan yagona nodir obida-shahardir.
Topilgan qadimiy tangalar va xivalik tarixchi Xudoyberdi bin Avaz Muhammad (1773 yoki 1774 yilda tug‘ilgan) keltirgan qiziqarli afsona Xivaning juda qadimiyligidan dalolat beradi. U “Dili g‘aroyib” asarida bunday deb yozadi: “Xorazmning yana bir shahri Ramldir. Unga Som bin Nuh asos solgan, hozir uni Xeyvaq deb ataydilar. Yana aytadilarki, bu so‘zda (Xeyvaq) Hazrati Pahlavon (Mahmud) vali vafot etgan tarixi (sanasi) yashiringan. Shu tariqa bu tarix mazkur shaharning nomi bo‘lib qoldi. Uning avvalgi nomi Raml, bu qumloq demakdir.
Kunlardan bir kun Som bin Nuh u erda yotib uxlab, tushida uzini uch yuz yoniq mash’ala o‘rtasida ko‘ribdi. Xushnud kayfiyatda uyg‘onib, o‘zidan xotira koldirmokchi bo‘libdi va shu joyni tekislab, shahar quribdi. Boshka bir gal bu erga kelganida atrofini devor bilan o‘rabdi va uning g‘arb tomonida buloq ochibdi. Xullas, hikoya qilishlaricha, Xeyvaq ko‘p martalab vayron bo‘lgan va qayta tiklangan”.
Xiva tarixchisining yozganlaridan va afsona ma’lumotlaridan tarixiy haqiqatni fahmlab olishga intilsa bo‘ladi. Avvalo, Xiva qumloqdan iborat bo‘lgan joy - Raml deb atalgan, uning paydo bo‘lgan vaqti va unga asos solgan zotning nomi Nuh o‘g‘li Som bilan bog‘liq.
Xiva tarixi