1839-40 yillarda Olloqulixon davrida 30 talabaga mo‘ljallab bitkazilgan bu madrasa Bojxona boshlig‘i Xo‘jashoh mahram tomonidan qurilgan. Madrasada asosan diniy va dunyoviy bilimlar berilsada, ushbu madrasa bojxona xodimlarini tayyorlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu Xo‘jash mahramning istagi edi. Bojxona boshlig‘i mansabiga ko‘tarilib, boyib ketgan oddiy eroniy qul - Xo‘jash mahram o‘zining shaxsiy mulkidan madrasa ta’minoti uchun 1784 tanob (715 gektar) erni vaqf qilib bergan. Xo‘jash mahramning mardligi, ishbilarmonligini ko‘rgan Muhammad Rahimxon uni katta lavozimlarga ko‘targan.
Mahram-bir-biroviga nikoh ravo bo‘lmagan eng yaqin qarindosh, ulfat, hamdam, sirdosh. Xususiy xizmatchi, ichki xizmatchi ma’nolarini bildiruvchi so‘z. Mahramlar – Xiva xonligi davlat boshqaruvida bevosita xon maslahatchilari bo‘lib, ular tashqi va ichki mahramlarga bo‘linadi.
Bugungi kunda madrasa ichida yog‘och o‘ymakorligi maktabi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Xo‘jash mahram madrasasi