«Xorazm Mustaqillik yillarida» doimiy ko‘rgazmasi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlab «Polvon Qori savdo uyi» binosida tashkil qilingan. Tematik – ekspozitsion reja muallifi ilmiy kotib tarix fanlari doktori Xudayberganov K. Unda asosan Xorazm viloyatida madaniyat, ta’lim, qishloq xo‘jaligi, sanoat va boshqa sohalarida 20 yil ichida erishilgan yutuklarni aks qildiruvchi 315 ta eksponat joy olgan. Ularning orasida Xorazm hunarmandlari ishlari, viloyat sportchilarining Osiyo va jahon musobaqalarida sazovor bo‘lgan medalь va kuboklari va boshqa buyumlar o‘rin olgan.

“Xorazm mustaqillik yillarida” doimiy ko‘rgazmasida Xorazm viloyati aholisining barcha sohalarda qilgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy iqtisodiy va madaniy hayotida ro‘y bergan katta ijobiy o‘zgarishlar, mustaqillik sharofati bilan qayta tiklangan qadriyatlar foto suratlar yordamida yoritilgan. Xorazm viloyatida etishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari va hunarmandlarimiz tomonidan tayyorlangan buyumlar namoyishga qo‘yilgan.

Eksponatlar ichida ko‘rgazmaga kirganlarni o‘ziga jalb qiladigan eksponatlardan biri naqqosh ustalar tomonidan ishlangan qandil.

Amalga oshirilayotgan ishlar:

Ekspozitsiya bugungi kunda yangi eksponatlar bilan boyitib borilmoqda. Shu yilning boshida ekspozitsiyaga “Xiva sopoli” ma’suliyati cheklangan jamiyatda ishlab chiqarilgan mahsulotlardan namunalar qo‘yildi.

Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati xamkorligida mehnat faxriylari, xalq ustalari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Doimiy ko‘rgazmada “mustaqillik” mavzularida maktab o‘quvchilari va kollej talabalariga ochiq darslar o‘tkazilmoqda. Kelajakda “Xorazm mustaqillik yillarida” doimiy ko‘rgazmasini yanada ko‘proq eksponatlar bilan boyitish. Yoshlarni o‘z vataniga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash uchun maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarini, voyaga etmagan yoshlarni va ularning ota onalarini ko‘proq mustaqillik ko‘rgazmasiga jalb qilish.