YANGI KO‘RGAZMA TAQDIMOTI

  Kuni kecha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi I.V  Savitskiy nomidagi tarix muzeyida “O‘zbekiston: Sahrodagi avangard”  deb nomlangan ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
          Ichan qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasi ilmiy xodimlari, mutaxassislari vakillari  ham  direktor o‘rinbosari  Lochinbek  Matrasulov boshchiligida  yangi ko‘rgazma taqdimotida ishtirok etishdi. 
        Ko‘rgazma  va faoliyatdagi yangiliklar bilan yaqindan tanishish bilan birga hamkasblar  muzeyshunoslik sohasida o‘zaro tajriba ham almashdilar.