Yangi uslubda o‘qitish (jadid) maktabi

Yangi usul maktabi 1910 yilda evropacha uslubda ikki qavatli qilib, Islom Xo‘ja tomonidan madrasa va minorasi oldida qurilgan.    Maktabning birinchi va ikkinchi qavatlarida dahliz va to‘rttadan xonalari bor.  
Bu maktabda qur’on bilan bir qatorda rus tili, matematika, geografiya, tabiatshunoslik va badantarbiya fanlari ham o‘qitilgan.
 1990 yilda binoda «Xalq ta’limi tarixi» muzeyi  ochildi.  2004 yilda bino qayta ta’mirlanib, birinchi qavatida  o‘zbek kinosining asoschisi, fotograf-kinooperator O‘rta Osiyoda birinchi bo‘lib foto-kino san’atiga asos solgan Xudoybergan Devonov   faoliyatiga bag‘ishlangan doimiy   ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi.  
  Devonovdan qolgan boy madaniy meros, tarixiy fotosuratlar va kinolavhalar vatanimiz tarixini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda.