YOG‘OCh O‘YMAKORLIGI SAN’ATI vaqtinchalik ko'rgazmasi

Xorazm xalq hunarmandchiligida yog‘och o‘ymakorligining alohida o‘rni bor. Mashhur ustalar bu hunarmandchilik turini san’at darajasiga ko‘tarishgan.              
      Tarixiy-me’moriy obidalardagi  naqshlar bilan sayqallangan  ustunlar, darvoza va eshiklarni  bugungi kunda sayyohlar ham hayrat bilan tomosha qilishadi.  Ichan qal’adagi  ming yillik tarixga ega Juma  masjidi ana shunday obidalardan biri.
      Belgilangan rejaga muvofiq  bu yerda tashkil qilingan “Yog‘och o‘ymakorligi”  vaqtinchalik  ko‘rgazmasining ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ichan-Qal'a davlat muzey-qo‘riqxonasi xodimlari, shuningdek, sayyohlar ishtirok etgan ushbu tadbirda  muzey- qo‘riqxona rahbari Alisher Ismoilov, ilmiy kotib, tarixchi olim Komiljon Xudoyberganov , bo‘lim mudiri Anaposhsha Boltaeva, katta ilmiy xodim Muzaffar Masharipovlar  so‘zga chiqib  ishtirokchilarni  qutlash barobarida Xorazm yog‘och o‘ymakorligi  an’analari, taniqli ustalar, ulardan bizgacha yetib kelgan meros haqida qimmatli ma’lumotlar berishdi.
       Yog‘och o‘ymakorligi hunarmandlari sulolasi  vakili  Muzaffar Odamboev  o‘z ish tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
     Ko‘rgazmadan o‘rin olgan tarixiy fotosuratlar, turli hunarmandchilik  mahsulotlari namoyishi  sayyohlarda qiziqish uyg‘otmoqda.