OZARBAYJON RESPUBLİKASİ BAKU SHAHRİDA XALQARO TURIZM YARMARKASI

      

XALQARO TURIZM YARMARKASI

 

Ozarbayjon Respublikasining Baku shahrida o'tkazilayotgan  xalqaro turizm yarmarkasining ikkinchi kunida, Xorazm viloyati delegatsiyasi a’zolari turizm sohasida o‘zaro aloqalarni yaxshilash, yangi hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish, yurtimizning boy madaniy merosini, turizm salohiyatini targ‘ib qilish maqsadida Ozarbayjon, Bolgariya, Turkiya, Rossiya va Malayziya davlatlarining  sayyohlik tashkilotlari, Ozarbayjonning "Azal Airlines" aviakompaniyasi hamda OAV vakillari - bloger, jurnalistlar bilan bilan muzokaralar olib bormoqdalar.

 

Dunyoning turli davlatlaridan tashrif buyurgan xalqaro turizm yarmarkasining bir qancha ishtirokchilari bilan uchrashuv va muzokaralar kun bo‘yi olib boriladi.  Xorazm viloyatining turizm salohiyati keng yoritiladi.