Ichan-Qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasida sayyohlarga xizmat ko‘rsatish hajmi hamda sifatini yanada oshirish maqsadida yangi ekspozitsiya va ko‘rgazmalar tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Muzey shahar hududidagi tarixiy me’moriy yodgorlik – Qutlug‘ Murod Inoq madrasasi binosida joylashgan “Tasviriy san’at” muzey bo‘limida “Tarixiy obidalar rassomlar nigohida“ deb nomlangan vaqtinchalik yangi ko‘rgazma ish boshladi. Bugun, 28-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimida muzey xodimlari, sayyohlar vakillari ishtirok etishdi.
Muzey-qo‘riqxona direktori Alisher Ismoilov, muzey –qo‘riqxona ilmiy kotibi Komiljon Xudoyberganov va boshqalar bu xil ko‘rgazmalarning ahamiyati haqida gapirib, o‘z fikr-mulohaza , taklif hamda tilaklarini bildirdilar.
Bo‘lim mudirasi Shohista Bog‘ibekova ko‘rgazmadan joy olgan tasviriy san’at asarlari , ularning mualliflari haqida ma’lumotlar va kelgusidagi rejalar bilan tanishtirdi.
Ko‘rgazma mahalliy va xorijlik sayyohlar e’tibor va e’tirofiga sazovor bo‘lishi shubhasiz.
TARIXIY OBIDALAR RASSOMLAR NIGOHIDA