YANGI KITOB TAQDIMOTI


  Xorazm Ma’mun  akademiyasi katta ilmiy xodimi,  tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori  ( PhD)  Dilmurod  Bobojonov   boy tariximizni o‘rganish, ajdodlarimizning  merosiga oid  qimmatli ma’lumotlarni  kelajak avlodlarga  yetkazish  borasida samarali izlanishlar olib borayotgan olimlardan biri.
    Yaqinda olimning  “Ichan-Qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasi tarixi” deb nomlangan  kitoblari nashr etildi.
     Ichan-Qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasida  mutaxassislar, ilmiy xodimlar ishtirokida  ana shu kitoblarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.  Muzey-qo‘riqxona direktori A. Ismoilov, ilmiy kotib, tarixchi olim K. Xudoyberganov, direktor o‘rinbosari L. Matrasulov va boshqalar so‘zga chiqib,   muzey tarixini o‘rganish, kelgusida yangi ekspozitsiyalar tashkil etishda  ushbu kitobning ahamiyati katta ekani haqida gapirib, muallifning kelgusidagi ilmiy –ijodiy ishlariga muvaffaqiyatlar tiladilar.
   Taqdimot yakunida D. Bobojonov so‘z olib  kelgusidagi ilmiy izlanishlar sohasidagi rejalari bilan tanishtirdi va   muzey-qo‘riqxona kutubxonasiga  yangi kitoblaridan sovg‘a qildi.