Prezidentimiz tomonidan aholining sogʼlom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faolligini oshirishni tashkil qilish, boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qaror va farmonlar qabul qilinayotgani oʼz samarasini bermoqda.Davlat va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish, zararli odatlarga qarshi kurashish, aholining tibbiy madaniyatini rivojlantirish, jismoniy tarbiya-sogʼlomlashtirish va ommaviy sport harakatini tibbiyot profilaktikasi bilan integratsiyalashtirish boʼyicha ommaviy tadbirlar oʼtkazilayapti.
Xususan, tadbirlar doirasida Xiva shahrida ham aholi oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini keng targʼib qilish hamda shahar aholisini ommaviy sportga jalb etish maqsadida "Sogʼlom hayot uchun 5000 qadam!" shiori ostida piyoda yurish marafoni va basketbol sporti bo'yicha mashqlar boʼlib oʼtdi.
Tadbirlar doirasida Ichan-Qal'a davlat muzey-qo'riqxonasi xodimlari ham faol qatnashib, sog'lom hayot uchun qadam bosildi.
"Sogʼlom hayot uchun 5000 qadam!"