Mamlakatimizdagi muzeylar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning marketing siyosati va xizmatlar sohasini yalpi uyg‘unlikda rivojlantirish, muzeylar faoliyatiga ilg‘or texnologiyalarni samarali tatbiq etish, muzeylarda O‘zbekiston davlatchiligi tarixi va xalqlari, Ilk uyg‘onish va kelgusi Renessans davrlari, buyuk allomalar hayoti va ijod yo‘llariga doir zamonaviy yangi ekspozitsiyalarni yaratish, muzey to‘plamlaridagi boy tarixiy va madaniy merosni keng targ‘ib qilish maqsadida “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi doirasida aholidan madaniy boyliklarni sotib olish tadbirlari tashkil etilmoqda.
Ma’lumot uchun, “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-261-sonli qarori asosida tashkil etilgan. Umumxalq aksiyasi doirasida aholi vakillari mamlakatimiz o‘tmishiga oid tarixiy materiallar, ashyolar, noyob suratlarni topshirishlari mumkin.
Shuningdek, endilikda “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi doirasida siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatiga oid eksponatlar xaridi amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, aksiya doirasida aholidan madaniy boyliklarni sotib olish tadbirlari davom etmoqda. Milliy merosga o‘z hissasini qo‘shish niyatidagi fuqarolarimizni bu ezgun ishga chorlab qolamiz.
Umumxalq aksiyasida ishtirok eting