XORAZMNING TURIZM SALOHIYATI TURKIYADA TARG'IB QILINMOQDA.

  Turizm sohasidagi eng nufuzli tadbirlardan biri bo‘lgan EMITT (East Mediterranean International Tourism & Travel Exhibition) Xalqaro turizm ko‘rgazmasi joriy yilning 5–7 fevral kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu ko‘rgazmada dunyoning turli mamlakatlaridan minglab turizm kompaniyalari, mehmonxonalar, sayyohlik agentliklari va davlat tashkilotlari qatnashmoqda.  
     Xorazm viloyati turizm vakillaridan iborat delegatsiya, hususan Ichan-Qal'a davlat muzey-qo'riqxonasi direktor o'rinbosari R.Erniyozov ushbu xalqaro maydonda munosib ishtirok etib,  Xorazimning boy madaniy merosi, tarixiy obidalari va turizm salohiyatini namoyish etmoqda.
     Ushbu nufuzli tadbirda ishtirok etish Xorazm viloyati turizm salohiyatini jahon miqyosida yanada keng targ‘ib qilish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash va sayyohlar oqimini oshirish uchun muhim imkoniyat yaratadi.