TURIZM SALOHIYATI TARG'IBOTINI KO'ZLAB

        Viloyatimizdagi sayyohlar ko‘p tashrif buyuruvchi  turistik manzillarni yanada kengroq targ‘ib qilish borasida faoliyat olib borayotgan bir guruh jurnalist va blogerlar  bugun Ichan-Qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasida bo‘lishdi. Ular tomonidan tarixiy yodgorliklar bilan bir qatorda   azaliy qadriyat , urf-odat va an’analarimizni, jumladan  ijjon va boshqa milliy taomlar tayyorlash, non yopishni namoyish etuvchi videoroliklarni  tasvirga olish jarayonlari amalga oshirildi.
       Ommaviy axborot vositalari , ijtimoiy tarmoqlar orqali namoyish etishga  mo‘ljallangan ushbu videoroliklar viloyatimiz turizm salohiyatini keng targ‘ib qilishga hamda qadimiy shahrimizga tashrif buyuradigan mahalliy va xorijlik sayyohlar sonini oshishiga xizmat qiladi.