SAYYOHLAR UCHUN MADANIY XIZMATLAR


         Ichan Qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasi tomonidan  yangi turistik mavsumda  sayyohlarga madaniy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ham rang- barang ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etish belgilangan. 
        Ayni kunlarda madaniyat muassasalari, jumladan Xorazm viloyat qo‘g‘irchoq teatri bilan hamkorlik asosida muzey shaharda namoyish etilayotgan teatrlashgan maydon tomoshalari, milliy kuy-qo‘shiq va raqslardan iborat konsert dasturlari  mahalliy hamda xorijlik  sayyohlarga manzur bo‘lmoqda, cheksiz zavq bag‘ishlamoqda. Bu xil madaniy xizmatlar  turizm jozibadorligini  yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
      Muzey-qo‘riqxona
      matbuot xizmati.
 Suratlarda:  madaniy xizmat jarayonlaridan lavhalar.