SAYYOHLAR XIVA HAQIDA

Galina  Tumanova (Rossiya) :
     --  Singlim bilan  Moskva shahridan tashrif buyurdik. Xiva  tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladigan shahar ekan . Me’moriy obidalar , ulardagi naqshlar  va  amaliy san’at namunalarini ko‘rib hayratlandik. Xalqingiz mehmondo‘stligi ham maqtovga loyiq. Sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlar, madaniy xizmatlardan ham mamnun bo‘ldik.