Tosh hovli saroyi - «Xorazm hunarmandchiligi» bo‘limi
Tosh hovli saroyi Olloqulixon tomonidan 1832-1838 yillarda qurilgan. Hozirgi kunda Tosh hovli saroyi 2 qismga bo‘lingan bo‘lib, birinchi qismi «Haram». Bu qismda 1987 yil «Hunarmandchilik» muzeyi tashkil topgan. Ikkinchi qism «Arzxona» bo‘lib, 2001 yil Mustakilligimiz sharofati bilan qaytadan ta’mir talab joylari ta’mirlanib, «Xorazm hunarmandchiligi» muzeyi sifatida ochildi va yanada chiroy ochdi. Hozirgi kunda ham o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
Hozirgi kunga kelib Tosh hovli saroyida jami 591 ta eksponat mavjud bo‘lib, shundan 539 tasi asosiy fond, 52 tasi yordamchi fond. Muzey eksponatlarimiz ichida o‘ziga xosligi bilan chet ellik mehmonlarni va shu bilan birgalikda maxalliy mehmonlarimizni o‘ziga jalb qilayotgan Xiva xoni Muhammad Rahimxon II (Feruz) ning 1876 yilga tegishli KP 1222 raqamli Foytun arvasi va XX asr boshlariga tegishli KP 4107 raqamli Mura tosh muzey ekspozitsiyasidan joy olgan.
Hozirda muzey ilmiy xodimlari tomonidan moddiy ma’daniy meros ob’ektlarini saqlash, o‘rganish, ommalashtirish maqsadida XIX asr oxiri XX asr boshlarida Xorazm hunarmandchilik san’atiga oid ishlar ilmiy ish sifatida olinib, to‘plangan adabiyotlar o‘qib, o‘rganilib borilmoqda va shu bilan birgalikda Xorazm haqiqati, Xiva tongi gazetalarida maqolalar chop etilib kelinyapti.
Kelgusida moddiy va madaniy meros ob’ektlarini asrab avaylash, ularni chuqurroq o‘rganish va muzeybop ashyolarni yig‘ish, ilmiy jihatdan o‘rganish vazifalari belgilangan. Bu esa o‘z navbatida muzey ekspozitsiyasini yanada boyitib, chet ellik va mahalliy mehmonlarni «Hunarmandchilik» muzeyiga ko‘proq jalb qilishga xissasini qo‘shadi.

Qurilish sanasi 1830-38y.y.
Foydali maydoni. 120kv.m.