«Milliy armiyamiz – tinch, osuda va faravon hayotimizning mustahkam kafolati»

O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini

ta’minlash uchun etarli darajada Qurolli Kuchlariga ega.

(O‘zbekiston Respublikasining

Konstitutsiyasi XXVI bob 126 – modda.)

 

10 Yanvar 2018 yil Xorazm viloyati Ichki Ishlar Boqarmasi quriqlash bo‘linmasi bir gurux xodimlarini Xiva Ichan –Qal’a Davlat muzey ko‘rikxonasiga taklif qilinib  14 yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan muzey ilmiy xodimi K.Aminov tomondan «Milliy armiyamiz – tinch, osuda va faravon hayotimizning mustahkam kafolati» mavzuda ma’ruza o‘qildi ma’ruzadan keyin, Ichan –Qal’a davlat muzey ilmiy xodimi D.Karimova tomonidan Mustaqil O‘zbekiston Ozod va Obod Vatan ekspozitsiyasida  ekskursiya o‘tkazildi. O‘qilgan ma’ruza va ekskursiya tadbir qatnashchilarida katta tasurot qoldirdi.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgan birinchi kunlarda aynan Islom Abdug‘anievich Karimov namoyon etgan printsipial pozitsiya, siyosiy iroda va azmu shijoat tufayli milliy armiyamizga asos solindi. 1992 yil 14 yanvarda yurtimiz hududida joylashgan barcha harbiy tuzilmalar O‘zbekiston Respublikasining huquqiy tasarrufiga o‘tkazildi. Mana, 26 yildirki, ana shu tarixiy kun Qurolli Kuchlarimiz poydevori quyilgan, istiqlolimiz solnomasiga oltin harflar bilan yozilgan buyuk sana sifatida bayram qilinmoqda. Birichi Prezidentimiz o‘sha og‘ir yillarda «O‘zining buyuk tarixi va ajdodlariga munosib voris bo‘lgan xalqimiz mamlakat xavsizligini ta’minlashga qodir armiyani yarata oladi» deb katta ishonch bilan aytgan edilar. Bugungi kunda ana shu ulkan ishonchga har tomonlama loyiq bo‘lgan Qurolli kuchlarimiz tashkil etilganini barchamiz qo‘rib turibmiz.

Haqiqatan ham tarixdan qisqa mudatda mamlakatimiz mustaqilligi, hududiy yaxlitligi, chegaralarimiz daxlsizligini, xalqimizning tich va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan milliy armiya barpo etildi, deb g‘urur va iftixor bilan aytishga bugun barcha asoslarimiz bor. Bugungi kunda harbiy boshqaruvning samarali tizimi shakllantirildi. Kurolli Kuchlar tarkibida turli qo‘shinlarning o‘zaro muvofiq holda va hamkorlikda harakat qilinishi ta’minlaydigan mexanizmlar faoliyat qo‘rsatmokda. Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimi printsipial jixatdan mutlloqo yangi asosga o‘tkazildi. Mustaqillikning dastlabki yillari damahalliy ofitser kadlar yurtimizdagi harbiy xizmatchilar umumiy sonining-shunga e’tibor bering –atigi 0,6 foizini tashkil etardi. Ofitserlarni tayyorlash esa uchta harbiy bilim yurtida va boryo‘g‘i uchta xarbiy mustaxassizlik bo‘yicha olib borilar edi. Amalga oshlilgan ishlar natijasida ko‘shimcha ravishda yangi , zamonaviy uchta harbiy ta’lim muassasasi tashkil etildi, kursantlarni o‘qitish tizimi esa ko‘p tarmoqli asosda yo‘lga qo‘yildi. Isloxotlar jarayonida Qurolli Kuchlar safini to‘ldirish, muddatli harbiy xizmatni o‘tash tizimi xam tubdan yangilandi. Jumladan, « Umumiy xarbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, harbiy xizmat xizmat muddati bir yil etib belgilandi. 2009 yildan e’tiboran muddatli harbiy xizmatga chaqiruv yiliga bir marta –fevralь-mart oylarida amalga oshrilmoqda.Buning natijasida harbiy qisim hamda muassasalarda sog‘lom muhit yaratildi. Bugungi kunda muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan yoshlar avvalgi yillardagidan mutlaqo farq qiladi. Hozirga vaktda mustaqilliq yillarida tug‘ilib voyaga etgan, mamalakatimizdagi akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarida eng zamonaviy ta’lim –tarbiya olgan yigitlar armiya saflariga kirib kelmokda. Ular axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, xorijiy tillarni puxta biladi. Eng asosiysi, hayot haqida o‘zining mustaqil fikri va qarashiga, axloqiy-ma’naviy qadriyatlariga ega. Bunday salohiyatli yoshlar xalqimizning ishonchi va tayanchidir.