“Ichon-Qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasida – “Koshinpazlik san’ati” kurgazmasi ish boshladi. Kulolchilik - qora loydan mo‘jizakor go‘zallik yaratgan, Sharkning eng qadimiy hamda navkiron san’atidir. Qora loy ezgulik caxovat va xalollik timsolidir. Kulolchilik bilan dunyodagi barcha xalklar shug‘ullanadi. Xorazm kulolchiligi uzok tarixga, ajoyib an’analar, shakl, mazmun, ijodiy jarayon va o‘ziga xos uslubga ega. Sopol buyumlar sodda bo‘lsada uning ko‘rinishi, qismlarining saqlanishi, naqshlarning badiy joylanishi shakli, mazmunining birligi - Xorazm kulollarini jaxonga tanitib kelgan. Kulolchilikda loydan piyola, lagan, tovoq, ko‘za, tandir, kosa, tog‘ora, xum va har hil o‘yinchoklar qurilish materiallari ishlanadi va tayyorlanadi. Bunda maxsus tuprokni o‘ta qizdirganda toshsimon bo‘lib pishishini unda xar xil idishlar tayyorlashni odamlar qadim – qadimdan bilishgan. Tuprok jaxonning xamma erida bo‘lgani uchun kulolchilik butun dunyoga keng tarqalgan xunardir. Dastlab bu xunar bilan ayollar shug‘ullanishgan, eramizdan avvalgi III ming yillikning boshlarida kulolchilik charxi ixtiro kilingan va shundan keyin bu xunar bilan erkaklar shug‘ullana boshlagan.
Neolit davrida idishlarning taglari uchli kilib tayyorlanib erga sanchib ko‘yilgan. VIII – XII asrlarda Xorazm diyorida madaniyat, xunarmandchilik, savdo sotiq rivoj topdi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Markaziy Osiyo xalqlari o‘rtasida kulolchilik juda keng rivojlanib - kulolchilik markazlari paydo bo‘ldi. Sopol buyumlarni sirlab bezashning o‘ziga xos uslublari vujudga keldi. Xar bir xunarning o‘ziga xos mashakkati sir-asrorlari bo‘ladi. Ota- bolalarimiz kadimdan kulolchilik sirlarini va tajribalarini o‘z avlodlariga o‘rgatishgan xar bir maxsulotning sifatiga badiyligiga foydalanish uchun kulayligiga uning umrboqiyligiga aloxida e’tibor berganlar. Shuning uchun oddiy sopol piyolalardan tortib tarixiy yodgorliklarimizni bezab turgan koshinlarning umirbokiyligi dunyo axlini lol koldirib kelmoqda.
XX asrda Xorazm kulolchilik maktabi rivojlanishida Raximbergan Matchanovning o‘rni tengsizdir. Raximberdi Matchanov Xorazmning kadimiy kulolchilik markazlaridan biri Madir kishlog‘ida 1909 yil kulollar oilasida dunyoga keldi. Shu davrda kishlokda 27 ta kulolchilik ustaxonasi bo‘lib, 80 dan ortik kulollar ishlashgan. Matchon kulolning o‘g‘li Raximberdi o‘z otasidan kulolchilik sir-asrorlarini o‘rgandi. Koshin pishirishni shu davrning nom kozongan ustalari Bolta Matrizaev, Bolta Vaisovdek ustalardan o‘rgandi. Raximberdi Matchanov kulolchilik sirlarini 6 yil deganda o‘rganib Eshim kulolning ok fotixasini oldi. O‘zi mustakil idish va koshinlar ijod kila boshladi. U 1930 yillarda koperativ artel’ga kirib kulolchilik ishlarini davom ettirdi. O‘sha davrda kulollar kamayib ketgan edi. Shu bilan birga usta nakkoshlik sir – asrorlarini mukammal o‘rgandi va shularni kulolchilikda ishlatdi. Ustani Xorazmda sermeva daraxtga o‘xshatishadi. Chunki, juda ko‘p shogirdlar etishtirib chikargan. Usta ko‘plab shogirdlariga o‘z xunarini sir- asrorlarini o‘rgatgan. Bugungi kunda Xorazmda bu kadimiy san’at avloddan – avlodga an’ana tarikasida o‘tib kelgan va xozirgi kunda xam rivojlanib takomillashib kelmokda.
Bugungi kunda Xiva shaxrimizga kelayotgan chet ellik sayyoxlar, o‘kuvchilar, maxalliy mexmonlar bu ko‘rgazmani qiziqib tomosha kilishmoqda.
Qadimgi Xorazm tarixi bo‘limi ilmiy xodimi Xudarganova N
“Koshinpazlik san’ati” kurgazmasiga marxamat