Abdurasulboy madrasasi

Error message

  • Warning: tempnam(): open_basedir restriction in effect. File(/var/www/sites/web341/tmp) is not within the allowed path(s): (/var/www/vhosts/khivamuseum.uz/:/tmp/) в функции drupal_tempnam() (строка 2504 в файле /var/www/vhosts/khivamuseum.uz/httpdocs/includes/file.inc).
  • Warning: file_put_contents(): Filename cannot be empty в функции file_unmanaged_save_data() (строка 1962 в файле /var/www/vhosts/khivamuseum.uz/httpdocs/includes/file.inc).
  • Невозможно создать файл.

1909 yilda qurilgan bu madrasa sohibi Abdurasulning tug‘ilib o‘sgan uyidan va uyi yonidagi Sayyid Alouddin maqbarasidan taxminan ikki yuz qadam janubda,  joylashgan. Purkomil taxallusi bilan she’rlar yozgan Abdurasul, Muhammad Rasul Mirzoning ukasi, Komil Xorazmiyning o‘g‘lidir.  Shoir, xattot, musiqashunos san’atkor Abdurasulboy xonlik davrida Gurlan tumanida hokim, keyinchalik xonlik devonxonasida mirzaboshi bo‘lib ishlagan. “Purkomil” nomli devon tuzgan.  
Madrasa kirish eshigining ustidagi marmar taxtada turkiy tilda nasta’liq xatida  she’riy ta’rix yozilgan.
Eshik biynasiga usta o‘zining ismini yozgan:  Amali usta Bog‘bek. Bu madrasaning boshqa madrasalardan farqi bor, ya’ni unga   kirilgach o‘ng tomonda yotoqxona-hujralar, chap tomonda masjid, o‘quv xonasi joylashgan va umumiy ko‘rinishi trapetsiya shaklidadir.   Bu madrasa xalq tilida “Xurjun” madrasasi nomini olgan Xo‘jamberdibiy madrasasiga o‘xshaydi.  Bugungi kunda bu madrasasida    qadimgi usulda, tabiiy bo‘yoqlar bilan ipak iplardan  qo‘lda so‘zanalar to‘qish ustaxonasi ishlab turibdi.