Xo‘jamberdibiy madrasasi 1694-95 yillarda bitkazilgan. Aslida, Muhammad Rizobek tomonidan qurilgan bu madrasaning bosh peshtoqi janub tomonga, Anushaxon hammomiga qaratib qurilgan. Salkam 150 yil o‘tgach, Olloqulixon Qutlug‘ Murod inoqning jasadini kiritish uchun yiqdirilgan qal’a o‘rnida madrasa qurishi bahonasida bu madrasa ham buzilib, asosiy kirish eshigi g‘arbiy tomonga qaratilgan. Bu madrasaning o‘rtasidagi yo‘lakdan tepadagi Olloqulixon madrasasiga o‘tilgandan keyin, madrasaning shakli xuddi xurjunga o‘xshab qoladi va xalq o‘rtasida Xurjun nomini oladi. Madrasaning qachon va kim tomonidan qurilganini uning eshigi ustidagi marmartoshga bitilgan yozuvlardan bilib olamiz. Unda, “Kelib chiqishi Qiyot elidan bo‘lgan Xo‘jamberdi biyning o‘g‘li Muhammad Rizobek” – deb, yozilgan.
Yozuvlardan ma’lum bo‘lishicha, madrasa deyarli yuz yildan keyin Muhammad Amin inoq davrida ta’mirlangan.
Bugungi kunda madrasada oshxona joylashgan.
Xo‘jamberdibiy madrasasi