Ko‘hna qal’a aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida shahar atrofida birnecha hovuzlar qazilgan. Bu hovuzlarga Amudaryodan Polvonyop kanali orqali suv keltirilgan. Ana shunday shahar atrofidagi o‘ndan ortiq hovuzlardan bittasi shaharning Ota darvozasi oldidagi Shermuhammad ota masjidining hovuzi bo‘lgan. Masjid sho‘rolar davrida yo‘qotilgan. Ota darvozaning nomlanishi ham shu masjid va hovuz nomidan kelib chiqqan.
Qadimda qahraton qish faslida hovuzlarda paydo bo‘lgan muzlarni maxsus muzxonalarda saqlab, ulardan yoz paytida foydalanishgan.
Ota hovuzi ham xuddi Bog‘cha hovuzi va Bol hovuzlar kabi bugun ham saqlangan.
Ota hovuz