“Xorazm musiqa asboblari” ko‘rgazmasi ish boshladi.
Xiva shahar Ichan–Kal’a Davlat muzey qo‘riqxonasi “Xorazm musiqa tarixi ” muzeyida xar yili 2 - 8 Sentyabr kunlari o‘tkaziladigan - “Muzey xaftaligi“ dasturi munosabati bilan “Xorazm musiqa asboblari” ko‘rgazmasi ish boshladi.
O‘zbek xalqining bebaho boyligi xisoblanmish musiqiy sozlarimiz o‘zining betakrorligi, naqsh bezagining jozibadorligi, ovoz tarovatining rang barangligi va ijro imkoniyatlarining beqiyosligi bilan milliy musiqiy madaniyatimizda alohida o‘rin tutadi. Musiqiy cholg‘ular azal-azaldan o‘zbek halqining ma’naviy xayotida muhim ahamiyat kasb etib, kundalik turmush tarzi bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. SHuningdek ular xozirgi kunda ham kishilar dunyoqarashining shakllanishida o‘ziga xos xususiyatiga egadir.
Ayniqsa cholg‘u ijrochiligi san’ati ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida noyob estetik vosita sifatida shakllanib, nafaqat musiqa ilmida balki zamonaviy musiqa ijodiyotida ham katta qiziqish uyg‘otib kelmoqda. Turli shakldagi nodir musiqiy sozlarining saqlanib kelinayotganligi muzey tomoshabinlarida, qolaversa o‘sib kelayotgan yosh avlodda, Xorijiy davlatlardan kelgan sayyoxlarda katta ta’surot qoldirdi. Ayniqsa O‘zbekiston xalq baxshisi Qalandar Normatovning chiqishlari, dutor, doira, tor musiqa asboblarining sadolari sayyoxlar ko‘nglini xush qilib o‘zlari bilan bir umrga etgulik ta’surotlar olishdi.