Yurtimiz mustaqillikka erishgach, barcha sohalar singari madaniyat sohasida ham tub islohotlar amalga oshirilib, buyuk tariximizdan guvohlik beruvchi boy ma’naviy va madaniy merosimizni qayta tiklash ustuvor maqsadlardan biri qilib belgilandi. Ulug’ bobokalonlarimiz nomini qayta tiklab, tarixiy shaharlarimizni obod qilish uchun ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Markaziy Osiyoda birinchi bo’lib UNESCO hisobiga kiritilgan “Ochiq osmon ostidagi muzey” Ichаn - Qal’a ham bunday buyuk o’zgarishlardan chetda qolmadi. 1997-yilda Hamisha navqiron Xiva shahrining 2500 yilligi keng nishonlandi. Ko’pgina me’moriy obidalar qayta tiklandi, yangi muzey-ekspozitsiyalar o’z faoliyatini boshladi, muzey fondi nodir eksponatlar bilan boyitilmoqda. Ichаn - Qal’a muzeylari hozirgi zamonaviy turizm talablariga to’liq javob beradigan, sayyohlarga yanada keng qulayliklar yaratib beradigan texnologiyalar bilan jihozlanmoqda. Bunga misol qilib, “Verum QR” ma’lumotlar bazasini, audiogid xizmatlari va 1-apreldan ishga tushirishga tayyorgarlik ko’rilayotgan elektron bilet tizimini keltirishimiz mumkin.
Shuningdek, yosh avlod qalbida buyuk bobokalonlarimiz xotirasiga hurmat, yuragida iftixor hissini uyg’otish maqsadida yurtimizda, xususan Ichon qal’ada ham har yil ulug’ ajdodlarimiz tavallud ayyomlarini katta yubiley qilib nishonlash odat tusiga kirmoqda. Bu yil ham ulug’ ajdodlarimizdan biri XIX asr oxiri XX asr boshlarida O’rta Osiyoda fotosuratchilik va kinеmаtografiya asoschilaridan biri, ilk o’zbek fotografi Xudoybergan Devonov tavalludining 140 yilligi keng nishonlanadi.
Xalq orasida katta shuxratga ega bo’lgan Xudoybergan Devonov fotosuratlari bizga XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Xiva xonligida ro’y bergan tarixiy voqeliklardan, shahar ko’rinishidan, shu davr insonlaridan, ularning kiyinishi, madaniyati va turmush tarzidan guvohlik beradi. Xudoybergan Devonov asarlaridan “O’rta Osiyo arxitektura boyliklari” (1913-yil), “Turkiston ko’rinishlari”(1914-yil), “Xiva va xivaliklar”(1916-yil), kabi hujjatl filmlar, “Chig’ir”, “Paxta terimi”, kabi o’nlagan kinolavhalar tarixiy voqealarni aks ettiruvchi muhim manbaa hisoblanadi. Hozirda Ichаn - Qal’a muzeylaridan birida Xudoybergan Devonovning doimiy foto ko’rgazmasi joy olgan bo’lib, u 1910 yilda Vaziri Akbar Islomxo’ja tomonidan yevropacha uslubda ikki qavatli qilib qurdirilgan yangi-usul maktabi binosining birinchi qavatida joylashgan.
Muzeyimiz fondiga Xudoybergan Devonovning shogirdi tomonidan hadya qilingan eksponat –O’rta Osiyoda birinchi fotograf, kinooperator olimning shaxsiy buyumi bo’lgan kashtali so’zana hozirda shu ko’rgazmada namoyish qilinmoqda. Qora rangli jun mato markazida, daraxt shoxlarida, yashil va tillarang yaproqlar orasida o’tirgan uchta yorqin ranglardagi qushlar tasviri tushirilgan bo’lib, atrofi tillarang popuklar bilan bezatilgan.
Har qanday naqsh islimiymi, girihmi uning har bir unsuri va rangi o‘ziga xos ramziy ma’noga ega bo‘lgan. Naqqoshlarimiz har bir tasvirni tabiatdan olib, shakl va ranglar asosida o‘z fikrlarini jonlantira olganlar. Ustalarimiz borliqni, voqelikni, go‘zallikni, yaxshilik va yomonlikni, ayriliqni, hayot quvonchlari va tashvishlarini naqsh tili bilan yozib qoldirganlar:
“Kvadrat – dunyoning to‘rt tomoni, osmon saroyi, quyosh farzandi, abadiylik, yorug‘lik.
To‘g‘ri to‘rtburchak – ishonch.
Barg – bahorgi uyg‘onish.
Zirk guli – osoyishtalik va umr uzoqligi.
Novda – boylik va farovonlik.
Yaproq – to‘qchilik, bahorgi uyg‘onish, navro‘z.
Bulbul – sadoqat.
Semurg‘ – baxt keltiruvchi qush.
Oq kabutar – tinchlik.
Yashil rang – tabiat.
Ko‘k rang – moviy osmon va yomon kundan asrash ramzi.
Qizil rang – g‘alaba, xursandchilik, shodlik.
Sariq rang – muqaddaslik.
Zangori – oliy e’tiqod“.
Ushbu XX asrga oid so’zana № 6655 raqam bilan kirim kitobiga kiritilgan bo’lib, 132 x 56 sm o’lchamli kashtali so’zana juda chiroyli va nafisligi bilan sayyohlar dilini quvontirib kelmoqda.
Xudoybergan Devonovning noyob dasturxoni