2018 yil 2–fevral kuni Xiva «Ichan – Qal’a» davlat muzey qo‘riqxonasi ilmiy xodimlari, Xalq ta’limi bo‘limi, Xiva pedagogika kolleji hamkorligida Xiva «Ichan–Qal’a» davlat muzey qo‘riqxonasi kutubxonasida Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligiga bag‘ishlangan «she’riyat kechasi» bo‘lib o‘tdi. She’riyat kechasida «Alisher Navoiy ijodida tibbiyot», « Alisher Navoiy – shoirlarning sultoni» , «Alisher Navoiy – davlat arbobi» mavzularida va shoirning ilmiy meroslari haqida muzey ilmiy xodimlari Sh. Maylieva, N.Xudarganova, M.Saidovalar to‘xtalib o‘tishdi. O‘quvchilar ham faol ishtirok etib, o‘zlari yod olgan Alisher Navoiy she’rlaridan namunalar aytishdi. Faol ishtirok qilgan o‘quvchilar Xiva «Ichan–Qal’a» davlat muzey qo‘riqxonasi ma’muriyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Alisher Navoiy o‘zbek halqining ulug‘ shoiri va jahon adabiyotining buyuk namoyondalaridan biridir. A.Navoiy o‘zbek adabiy tiliga asos solgan va o‘zbek klassik adabiyotini yangi taraqqiyot pog‘onasiga ko‘targan buyuk so‘z san’atkori, madaniyat va ilm fan homiysi bo‘lib etishgan. U 1441 yil 9-fevralda Xirot shahrida tug‘ilgan.
A. Navoiy buyuk shoir va davlat arbobi bo‘lishi bilan birga ilm- fanning barcha sohalari rivojiga munosib hissa qo‘sha olgan donish mutafakkir hamdir. Jumladan, u tibbiyot ilmi bilan ham yaqindan tanishgan. Bu ilm sir-asrorlarini xuddi shu kasb egalari kabi, chuqur va dildan o‘rganishga intilgan. Buni uning mashhur asarlaridan biri «Mahbub ul-qulub» asari orqali bilish va his qilish mumkin. Bu asarda hayoti davomida to‘plagan boy tajribalarini va xulosalarini yozib qoldirgan. Asarning mahsus bir fasli(15 fasl) tibbiyot ilmi bayoniga bag‘ishlangan. A.Navoiy unda tabiblar qanday fazilatlarga ega bo‘lishini batafsil zikr etib, aytadiki, «Tabib o‘z fani, ya’ni tabobat sohasida bilimdon va kasallarga mehribon bo‘lishi kerak. So‘zlari muloyim, o‘zida sharmu hayo va xushfe’llik aks etib turmog‘i kerak. Uning har bir nafasi bemorlarga davo, har qadami esa xastalarga shifodir. Tabib agar o‘z kasbida mohir bo‘lsayu, ammo o‘zi badfe’l, beparvo va qo‘pol so‘z bo‘lsa, bemorni har qancha muolaja qilganda ham bari bir uning mijozida o‘zgarish paydo qila olmaydi» deya takidlaydi A. Navoiy jon kuyarlik bilan va buni she’riy satrlarda shunday ifodalaydi:
Shirin so‘zli mohir tabib tan xastalarga shifodur,
Badfe’l, serjahl va savodsiz tabib al joniga balodur.
A.Navoiy
Oz gapirmoq-hikmatga sabab, oz emoq- sog‘likka sabab,
Izzat tilasang kam de, sihat tilasang kam e,
Ko‘p demak bila bo‘lmag‘il nodon, ko‘p emak birla bo‘lmag‘il hayvon, deya har lahzada nafsdan tiyilish salomatlikni asrashning muhim sharti ekanligini uqtiradi. A.Navoiy kasalliklarni davolashda ishlatiladigan ko‘plab shifobaxsh o‘simliklar, mevalar, giyohlardan ham xabardor bo‘lgan. Jumladan, anor haqida
«... muning na’fin topibmen voqean men ham», deya buni o‘zida sinab ko‘rganligini ham bayon etadi.
Ko‘p degan ko‘p engulur va ko‘p egan ko‘p yiqilur.
Shoirlarning sultoni A.Navoiy ijodida ham inson
salomatligi,kamolotiga oid yo‘l-yo‘riqlar bisyor. A.Navoiyning fikricha, tibbiy xikmat eng yaxshi, foydali fanlardan bo‘lib, kishi jismida salomatlikni saqlash oliy maqsadlardan biri hisoblanadi.
Qarilig‘ istar esang, qarilarni xurmat tut,
Qariding ersa yigitlardin istama suhbat.
Qorning bila do‘st bo‘lmasang ahsandur,
Nechunki, er o‘g‘lig‘a qorin dushmandur.
A.Navoiyning tibbiyot sohasi xodimlarining odobi, ma’sulyati haqida o‘gitlari hozir ham, bundan keyin ham uning insonlar sog‘ligini qayg‘iruvchi ulug‘ zot, chinakam xalqparvar insonligidan dalolat beradi.
Xiva «Ichan-Qal’a» davlat muzey qo‘riqxonasi «Tabobat bo‘limi» mudiri: O‘.Sotimov.
Navoi