Abdullaxon madrasasi Ichon-Qal’aning sharqiy qismida, Polvon darvoza yonidagi Qutlug‘murod inoq madrasasi va Oq masjid binolari yaqinida joylashgan. Madrasa xonning onasi tomonidan 1855 yilda turkman-yovmutlar tomonidan shahid qilingan o‘g‘lining nomiga qurilgan. Chunki, Abdullaxon atigi besh oygina hukmdorlik qilib, bu davrda hali madrasa yoki, boshqa bir imorat qurdirishga ulgurmagan edi. Uning ishini davom qildiruvchi o‘g‘li ham bo‘lmagani uchun, onasi uning nomini tarixda shunday qoldirgan. U qo‘ng‘irot sulolasidan chiqqan birinchi “sayyid” xon bo‘lib, o‘z nomidan “Sayyid Abdulla bahodirxon” deb yozdirib, tilladan tanga zarb qildirgan.
Asli rejasi to‘rtburchakli, bir qavatli bo‘lgan bu madrasa burchaklarida guldasta-minoralari bo‘lib, u bitta masjid va o‘n sakkiz hujradan iborat. Barcha hujralarda kitob tokchalari, hujrani qizdirish va ovqat pishirish uchun mo‘risi devor ichidan o‘tadigan o‘choq, shuningdek, suv oqib ketishi uchun adan, hovli o‘rtasida esa quduq mavjud.
Hozirgi paytda madrasaga kirish uchun sharqiy tomonda bitta eshik bo‘lib, u ikki tavaqali va o‘yma naqshlidir. Aslida, madrasaning ikkita kirish eshigi bo‘lib, ikkinchisi, g‘arbiy tomondagi ikkita hujraning oralig‘idagi tor yo‘lakchadan iborat bo‘lgan. Madrasa rejasining an’anaviy uslubdan biroz farqlanishi unda gumbazli o‘quv zalining yo‘qligi va masjidga tor koridor orqali borilishidan ham ko‘rinadi.
Madrasa 1973 yilda ta’mirlanib, unda Xorazm vohasining o‘simliklari va hayvonot dunyosini ko‘rsatish maqsadida Tabiat muzeyi tashkil qilingan.
Abdullaxon madrasasi