"Alisher Navoiy - buyuk davlat arbobi va maʼnaviyatimiz gultoji"
Joriy yilning 7-fevral kuni Xiva shahar Ogahiy ijod maktabida g‘azal mulkining sultoni buyuk shoir Mir Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlab "Alisher Navoiy - buyuk davlat arbobi va maʼnaviyatimiz gultoji" shiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Ichan-Qalʼa davlat muzey-qo‘riqxonasi bo‘lim mudirlari va ilmiy xodimlari ham faol qatnashdilar.
Tadbir avvalida Navoiyshunos olimlar va keng jamoatchilik vakillari shoir bobomiz hayoti va buyuk ijodi, yaratgan tengsiz asarlari to‘g‘risida maʼlumotlar berib o‘tdilar. Shu bilan birgalikda Ogahiy ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan bobomiz hayoti va ijod yo‘li aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari tadbirga yanada mazmun va chiroy bag‘ishladi.
Tadbir mobaynida yosh o‘quvchilar o‘rtasida tasviriy sanʼat va hikoya yozish bo‘yicha ko‘rik tanlov bo‘lib o‘tib, tanlovda g‘olib bo‘lgan yoshlarga faxriy yorliq va sovg‘alar topshirildi.