Xiva Ichan-kal’a muzey kutubxonasida buyuk qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning 90 yilliga bag‘ishlab «Chingiz Aytmatov - asarlari ko‘rgazmasi» tashkil etildi. 6 aprel 2018 kuni Xiva shaxar Xalq ta’limi bo‘lmiga qarashli 3-son maktab o‘quvchilari bilan kutubxonachi Saidova Muyassar va ilmiy xodim Masharipova Oydinlar o‘quvchilarga kitobxonlik kechasi o‘tkazishdi.
Kechada o‘quvchilar bilan buyuk adib Chingiz Aytmatovning xayoti, ijodi va asarlari keng muxokama qilindi. Chingiz Aytmatov 1928 yilda 12 dekabrda Qirg‘izistonning Shakar qishlog‘ida tug‘ilgan. Yozuvchining ilk asarlari XX asrning 50- yillari boshlarida matbuotda yoritilgan. Chingiz Aytmatov mashhur qirg‘iz yozuvchisi, zamonaviy jahon adabiyotining ulkan namoyondasi xamda jamoat arbobi. Adib Qirg‘iziston Fanlar Akademiyasining akademikligiga saylangan. Chingiz Aytmatov qirg‘iz va rus tillarda ijod qilgan.
“Jamila” qissasi adibni jahonga tanitdi, frantsuz yozuvchisi Lui Aragon bu asarni “muhabbat haqida yozilgan jahondagi eng ajoyib qissa” deb atagan. “Momo er”, “Somon yo‘li”, “Alvido, Gulsari” kabi asarlari inson taqdiri ruhiyatini butun keskinligi, murakkabligi va ziddiyatlari bilan ifoda etilgani tufayli kitobxonni xayajonga soladi, chuqur mushohada qilishga undaydi. O‘quvchilar bilan yozuvchining “Oq kema” asari xaqida o‘tkazilgan davra suhbatida – bu asar ko‘pchilik o‘quvchilarda katta ta’surot qoldirgani xaqida so‘zlab berdilar.
1970-yil chop etilgan “Oq kema” qissasi yozuvchining ijodida yangi bosqich bo‘ldi. “Oq kema” qissasida insoniy go‘zallik, ezgulik va hayot ziddiyatlari, ekologiya muammolari teran tadqiq etiladi. Qissada bayon etilgan voqea qirg‘iz tuprog‘ida Santosh darasida bo‘lib o‘tadi. Asarda o‘rtaga tashlangan muammolar ertak va hayot, hayot va nafosat, inson va tabiat, moziy va kelajak, zulm va shafqat, ezgulik va yovuzlik, go‘zallik va badbinlik ma’rifat va jaholat, insonparvarlik va vahshiylik bularning hammasi adibning o‘tkir qalami orqali zamondoshlarimizning yuksak ahloqiy ideallari nur-ila munavvar etilgan.
Kecha qiziqarli tarzda o‘tkazildi va faol ishtiroq etgan o‘quvchilarga muzey ma’muriyati tomonidan maqtov yorliqlari topshirildi. Kecha so‘ngida o‘kuvchilarga muzey ekspozitsiyalari bo‘ylab bepul ekskursiya xizmati ko‘rsatildi.
Buyuk adib - Chingiz Aytmatov xotirasi.