2017 yil 22 - noyabrida Xiva "Ichan – Qal’a" davlat muzey qo‘riqxonasi ilmiy xodimi Toshpo‘latova Dilfuza Xiva shahar 55 – sonli maktab o‘quvchilariga “Xiva xonligi tarixi” bo‘limida “Feruz -shox va shoir bobomiz” mavzusida ochiq dars o‘tkazdi.
XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi Xorazm madaniy, ijtimoiy – siyosiy hayotining taraqqiyotida Muhammad Rahimxon soniy – Feruzning xizmatlari kattadir. Muhammad Rahimxon Feruz Xorazm xonlari tarixida eng uzoq davr 47 yil mamlakatni idora etib, elining obodligi va mustaqilligi uchun kurashdi, mamlakat ichidagi nizolarning oldini olishga harakat qildi. Bu davrda xonlikda ulkan qurilishlar amalga oshirildi. Zamonaviy pochta, telegraf, kasalxona, qator madrasa va masjidlarning qurib, ishga tushirilishi maktab, sog‘liqni saqlash, savdo – sotiqning rivojlanishi uchun etarli sharoit tug‘dirdi. Saroy atrofida qirqdan ortiq olim, shoir, yozuvchi, xattot, tarixchi, sozanda va tarjimonlarni to‘plab, ularga xomiylik qildi.
Yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalashda muzeylarning o‘rni bebaxodir. O‘tmishimizdagi ulug olimlarimiz va davlat arboblaring vatan ravnaqiga, ilm-fanga qushgan ulkan xissalari o‘kuvchi yoshlarda kata tassurot qoldirdi.
Feruz - shox va shoir