Islom Karimov mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisidir
26 yanvarь kuni Ichan Qal’a davlat muzey qo‘riqxonasida - "Islom Karimov: "Bizdan ozod va obod Vatan qolsin" shiori ostida tashkil qilingan muzey ekspozitsiyada muzey ilmiy xodimlari Urganch tibbiyot kolleji talabalari bilan hamkorlikda Islom Karimov xotira kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazishdi. Tadbirda “Islom Karimov – mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisidir”, “Islom Karimov-qalblarga haykalini o‘rnatgan rahbar”, mavzularida O‘ktam Satimov, Zumrat Meylieva, Zaynab Abdullaeva, Shahlo Maylieva, Nazokat Xudarganova, Oydin Yusupovalar o‘z ma’ruzalari bilan o‘rtoqlashishdi. Tibbiyot kolleji ustoz murabbiylari nutqlaridan keyin talabalar I.Karimov xotirasiga bag‘ishlab yozgan o‘z ijod namunalari – she’rlaridan o‘qib berishdi, davra ahli bundan yanada hayajonga to‘ldi.
Ilmiy xodimlar va talabalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan savol – javoblar davraga yanada qizg‘inlik olib kirdi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ardokli farzandi Islom Karimov haqiqatda tom ma’noda mustaqilligimiz asoschisidir.
Islom Karimov tavalludining 80 yilligi barcha elatlar qatori bizning shahrimizda ham keng nishonlanmoqda. U kishining birgina Xiva shahrida amalga oshirgan hayrli ishlarining son-sanog‘i yo‘q.
Islom Karimovning shaxsan tashabbuslari bilan 1997 yilda Pahlavon Maxmud maqbarasi, Islom Xo‘ja minorasi, Jome masjidi minorasi kubbalari zarhal bilan qoplandi.Xivada Ma’mun Akademiyasi qayta tiklandi va 2006 yilda ming yillik yubileyi o‘tkazildi. Ochiq osmon ostidagi muzey shahar bo‘lgan Xivadagi tarixiy obidalarga e’tibor kuchaytirildi.
Islom Karimov xotirasini muqaddas bilish,istiqlol yillarida mamlakatimizda yosh avlodni ilk yoshdan boshlab,o‘z vataniga sadoqatli, mehrli, muxabbatli,xaqiqatgo‘y, diyonatli, vijdonli qilib, uning porloq kelajagi yo‘lida yaratilgan sharoit va imkoniyatlarni qadrlashga o‘rgatish,yoshlar qalbida Vatanga muhabbat,yurtparvarlik tuyg‘usini mustaxkamlash ota-onalar zimmasidagi eng ma’suliyatli vazifadir.
Bu insonning xotirasi nafaqat bugungi balki kelajak avlodlar xam mustaqilligimiz me’mori sifatida qadrlaydi.Islom Karimov- tinchliklikparvar siyosatchi,buyuk davlat asoschisi sifatida jahon tarixida o‘chmas iz qoldirdi. Mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi yurtimizni sobiq mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib uni zamonaviy asosda taraqkiy ettirish strategiyasini bugun jahonda “o‘zbek modeli” degan nom bilan tan olingan rivojlanish yo‘lini ishlab chiqqan,jahon miqyosida katta obro‘-e’tibor qozongan buyuk davlat arbobi sifatida Vatanimiz tarixida mangu qoladi.
O‘zbekiston xalqi Islom Karimov nomini faxr bilan tilga oladi. Toshkent, Samarqand, Qashkadaryo viloyatlarida haykallari qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi va Qaraqalpog‘iston Respublikasining markaziy ko‘chalari Islom Karimov nomi bilan yuritiladi.Nafakat O‘zbekiston, balki xorijiy davlatlar ham faxr bilan tilga olib, Turkmaniston Respublikasi va Rossiya Federativ Respublikalarida Islom Karimovning haykallari o‘rnatildi. Islom Karimov xotirasi va qilgan ishlari butun halqimizning qalbida abadiy saqlanib qoladi.