KASABA UYUSHMALARI HISOBOT SAYLOV YIG‘ILISHI

   Ichan-Qal’a davlat muzey – qo‘riqxonasi boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot- saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 
    Muzokarada  so‘zga chiqqan  muzey-qo‘riqxona direktori A. Ismoilov, bo‘lim mudirlari O. Ibragimov,  K.Aminov, katta ilmiy xodim matbuot  kotibi O.Ismoilov va boshqalar kasaba uyushmasi faoliyati bo‘yicha o‘zlarining ijobiy  fikr-mulohazalarini bildirdilar.  Shu yuzadan qabul qilingan qaror bir ovozdan ma’qullandi. Kelgusidagi muhim vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilishda  uzoq yillardan buyon  kasaba uyushmasiga yetakchilik qilib kelayotgan  K. Xudoyberganov yana  bir ovozdan  qo‘mita raisi etib saylandi.
  Hisobot-saylov yig‘ilishida  O‘zbekiston davlat muassasalari  va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Xorazm viloyat kengashi tashkiliy ishlar bo‘limi  mudiri X.  Sattorov ishtirok  etib ishtirokchilarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha  zarur ma’lumotlar bilan tanishtirdi.