Muhammad Amin inoq madrasasi Arab Muhammadxon madrasasining sharqiy, Toshhovli saroyining g‘arbiy tomonida joylashgan bo‘lib, XVIII asr ikkinchi yarmida qurilgan. Madrasa tarhi to‘rtburchak shaklida bo‘lib, bosh peshtoq janub tomonga qaratilgan. O‘z vaqtida madrasa oldida Fozilbiy madrasasi joylashgan bo‘lib, bu ikki madrasa bir – biriga “qo‘sh” qilib qurilgan edi.
Inoq – qadimdan ko‘chmanchi o‘zbeklarda qabila, urug‘ sardori vazifasidagi shaxsga berilgan unvon bo‘lib, Inoq so‘zining lug‘aviy ma’nosi «yaqin, ishonchli navkar», «yaqin do‘st» ma’nosini bildiradi. Xiva xonligida to‘rtta inoq mansabi bo‘lib, ular davlat boshqaruvida asosiy o‘rinni egallagan edilar.
Muhammad Amin inoq Nodirshoh bosqinidan deyarlik 50 yil o‘tgach vayronaga aylanib qolgan shahar, qal’a devorlarini, buzilib qolgan imoratlarni qayta tiklab, o‘zidan keyingi hukmdor vorislarga bu ishni davom qildirish va fuqarolar hayotini yaxshilashni boshlab beradi.
Madrasada 2012 yilgacha shahar ZAGS idorasi joylashgan edi.
Muhammad Amin inoq madrasasi