Katta savdogar boyning o‘g‘li Muhammad Panohboy madrasasi XX asr boshida Ichon-qal’aning adl o‘rtasiga Jome masjidining oldida Muhammad Rahimxon soniyning ruxsati bilan qurilgan.
Madrasa kirish eshigining ustidagi yog‘och kesagisiga madrasani qurdirgan kishining ismi yozilgan: “Muhammad Panohboy valadi Hoji Muhammad. sana 1327” (1909). Madrasa tuzilishi jihatidan chorsu shaklida. U o‘ziga zamondosh boshqa madrasalardan deyarli farq qilmaydi. Gumbazlar bilan yopilgan hujralari hovli atrofida joylashgan. Burchakdagi darsxona va masjid ham gumbazlar bilan yopilgan.
Yoshxivaliklar partiyasiga a’zo bo‘lgan Muhammad Panohboy 1920 yilda tuzilgan yangi hukumat Xorazm xalq sho‘rolar jumhuriyati davrida moliya noziri bo‘lib ishlagan.
Bugungi kunda madrasada «Ichon - Qalьa» muzey-qo‘riqxonasining «Avesto bo‘limi» joylashgan. Muzeyda bundan uch ming yil oldin Xorazmda yozilgan va 12 ming qoramol terisiga oltin harflar bilan bitilgan “Avesto” kitobi, kitobning asosiy g‘oyasi haqida ma’lumotlar beruvchi eksponatlar namoyishga qo‘yilgan.
Muhammad Panohboy madrasasi