15 noyabr 2017 yil Xiva “Ichan – Qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasi ilmiy xodimi Maylieva Shahlo - Xiva shaxar 17-son maktab o‘quvchilariga Xalq amaliy san’ati muzeyida “Yog‘och o‘ymakorligi” mavzusida ochiq dars o‘tkazdi.
Asrlar davomida Evropa va Osiyo mamlakatlarida yog‘och o‘ymakorligi rivojlanib o‘ziga xos badiiy uslublari yaratilgan. Xorazmda ham yog‘och o‘ymakorligi ming yillardan beri rivojlanib, saykallanib borgan. Ushbu xunardan kishilarning uy-ro‘zg‘or buyumlarida va shaxar me’morchilikda keng qo‘llanilgan. Bu o‘ymakorlik qadimiy me’morchilikda eshik, darvoza, ustunlar, har xil to‘sin kurinishida, Uy ruzgorda esa stol, xontahta, quticha, qalamdon va boshqa buyumlarni bezashda ishlatilib kelingan. Xalq ustalari yaratgan asarlar o‘zining nafosati, murakkabligi, tabiiyligi bilan kishi aqlini lol qoldiradi.
Shu kuni Xiva "Ichon-Kal’a" davlat muzey kurikxonasi ilmiy xodimi Meylieva Zumrad tomonidan o‘quvchilariga Xalq amaliy san’ati muzeyi marmar o‘ymakorligi bo‘limida ochiq dars o‘tkazildi.
Marmarga o‘yib naqsh solish san’ati qadimiy va noyob amaliy san’at turlaridan xisoblanadi. Bu san’at kishidan iste’dod va intilishdan tashqari, mehnatsevarlik va g‘oyat zo‘r sabr toqat talab qiladi. Xorazmda XIX-XX asr boshlarida marmardan bezak sifatida foydalanishgan. XV asrda O‘rta Osiyoda toshtaroshlik rivojlandi va takomillashdi. Xiva tarixiy obidalarida marmar o‘ymakorligining kishiga zavq bag‘ishlaydigan namunalari bor. Bu esa tosh o‘ymakorlik san’atining yuksak darajada rivojlanganligini namoyish etadi. Xivalik marmar o‘ymakor ustalar: S. Xudayberganov, X. Raximov, A. Bekchonov, K. Polvonov va Q. Ro‘zmetovlar tomonidan yaratilagan bebaho san’at durdonalari bunga misoldir.
Noyob san’at durdonalarini yoshlarga kursatish, tanishtirish va ular o‘rtasida keng targ‘ib qilish kelgusida yosh avlodni tarixiy obidalarimizni asrab avaylashga, avlodlaridan faxrlanishga urgatadi.
Muzeylar yosh avlod tarbiyasida