2018yil 12-martda Xiva shaxar Ichan-Qal’a muzey qo‘riqxonasi kutubxonasida ilmiy xodimlari Bekchanova Z, Karimova D, Karimova M kutubxonachi Saidova Muyassarlar tamonidan navro‘z bayramiga bag‘ishlab Xiva shaxar №2 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari bilan birgalikda she’riyat kechasi o‘tkazildi.
Sharqona yangi yilning boshlanishi, mehr –oqibat ramzi bag‘rikenglik, saxovat, tinchlik va farovonlik ifodasi, asl milliy eng ardoqli bayram bo‘lmish - Navro‘zi olamning tashrifi qalblarimizga olam-olam quvonch baxsh etayotir. Navro‘z –xalqimizga xos ezgu qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan, eng sevimli bayramimizdir. Shu bois uni ilhaqlik bilan kutamiz, katta quvoch xamda xursanchilikda nishonlaymiz. Bebaho qadriyatlarimizni o‘zida uyg‘unlashtirgan, ongu shuurimizga ezgulik, yangilanish ayyomi sifatida muhrlangan Navro‘z shukuhi yurtimiz bo‘ylab kezmoqda. Fusunkor tabiat bag‘rida,baxor taomlari tortilgan dasturxon atrofida to‘plangan yurtdoshlarimizning bugungi kunga shukronalik, bunyodkorlik ishlariga kamarbastalik, Vatan taqdiriga daxldorlik hissi bilan yashayotganliklarini ularning mamnun qiyofalaridan yaqqol anglash mumkin. Mustaqillik sharofati bilan xalqimizning milliy an’analari, urf odatlari qayta tiklandi. Ayniqsa, ezgulik, yaxshilik, mehr-muruvvat, yaratuvchanlik tuyg‘ulari mujassam bo‘lgan Navro‘z ayyomini munosib qutlashga keng imkon yaratildi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil O‘zbekiston xalqiga Navro‘z tabriklarida aytganlaridek: ”Navro‘z –umumbashariy ahamiyatga ega bayram.Uning mohiyatida mujassam bo‘lgan gumanistik g‘oyalar, millati, tili va dinidan qat’i nazar, er yuzidagi barcha pok niyatli insonlar uchun birdek tushunarli va qadrlidir.Shu sababli Navro‘z mustaqillik yillarida Vatanimizda istiqomat qilayotgan 130 dan ziyod millat va elat vakillari uchun tom ma’noda suyukli bayramga aylandi”. Navro‘z bayrami barcha qatori bizning muzey qo‘riqxonamizda xam keng ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda. Muzey kutubxonasida o‘tkazilgan she’riyat kechasi qiziqarli savol-javob tarzida o‘tkazildi. O‘quvchilar o‘zlari yod olgan she’rlaridan aytishdi. Kechada aktiv qatnashgan o‘quvchilarga muzey ma’muriyati tamonidan maqtov yorliqlari topshirildi.
NAVRO‘Z - ENG SEVIMLI, ENG GO‘ZAL BAHOR BAYRAMI