Sayid Niyoz Sholikorboyning nevarasi Poshsha ona bobosi to‘g‘risida akasi (dadasi) Xudaybergan otaning so‘zlab berganlarini shunday eslaydi: “Bobomiz Sayid Niyoz Sholikorni sholi oqlovchi (dapmachi) deb ataganlar. Uning otasi boy savdogar bo‘lib vafot qilganidan keyin butun boyligi Sayid Niyozga qoladi. U o‘z ishxonasini yanada kengaytiradi. Kunlardan bir kuni Sayid Niyoz buxorolik savdogar do‘sti Eshmatboy bilan tuyalarga turli yuklarni ortib savdo ishi bilan Eronga ketadi. Ishi o‘ngidan kelib olib borgan mollarni tez fursatda sotadilar va u erda do‘st orttirib, biror oylar qolib ketadilar. Bor pullarini do‘stlar bilan eb-ichib o‘ynab tamom qilib qo‘yadilar. Chunki u qo‘li ochiq, saxiy kishi bo‘lganligi sababli do‘stlar davrisidan voz kecha olmas edi.
Uyga qaytar vaqt yaqinlashganda do‘sti Eshmatboy:-“ Endi nima qilamiz bu yog‘i qanday bo‘ladi? –deganda Sayid Niyoz: hoziroq bozorga borib yonimizda qolgan sarmoya (pul) mizga yarasha yuk olib tuyalarga yuklab yurtga ketamiz, - debdi. Bozorga borishgach yaxshi mollarni sotib olishga pullari etmabdi. Shu sababli bozorni aylanib-aylanib bir burchakda o‘zi yosh bo‘lsa-da, keksa chollarday bukchaygan soqol-mo‘ylovlari o‘sib ketgan juldur kiyim kiygan saqich sotib o‘tirgan bir yigit oldidan chiqib qoladilar. Bizlarni qolgan pulimizga mum saqichdan boshqa biror narsa olib bo‘lmaydi, oldimizda (iyd) bayram kunlari yaqin qoldi. Savdosi ham yaxshi bo‘ladi, deb yigitdan hamma mum saqich (oq saqich)larni sotib oldilar. Sevinganlaridan savdodan ortib qolgan bir oz pullarini ham yigitga hadya qilib, yukni tuyalariga yuklab Eshmatboy Buxoroga, Sayid Niyoz esa Xivaga kelishibdi.
Xivada Sayid Niyoz bir bo‘lak saqichni maydalabdi. Ne ko‘z bilan ko‘rsaki, saqich ichidan tillo pullar, marvarid va javohirlar chiqibdi. Sayid Niyoz har ehtimolga qarshi deb boylikning yarmini ma’lum joyga berkitib xotiniga agarda men qaytib kelmasam shu xazina etti avlodimizga etadi deb qolganini beliga tuyib xon oldiga ketadi. Ijozat olib qabuliga kiradi. Agar farmoni oliy bo‘lsa halol puldan masjid qurdirishga ruxsat bersangiz, - deydi. Sayid Niyoz Sholikor olib kelgan boyliklarni xon oldiga qo‘yib, bo‘lgan voqeani bayon qiladi. Xon chuqur o‘yga toladi. Masjid qurish uchun ruxsat, lekin egasiga ham o‘z ulushini yubor, - degan.
Shunday qilib Polvon darvozaning sharqiy tomonida masjid qurilishi boshlab yuborilibdi. Bu masjid qurilishda faqat bitta usta ishlab qolgan ishlarni bolalar qilgan, degan gaplar bor xalq orasida. Har bir bolaga bitta olib kelgan g‘ishti uchun bitta yong‘oq berilgan. Har kuni ko‘proq yong‘oq olish uchun bolalar yugurib–elib masjid qurilishini tezlashtirganlar. Masjid qurilib nomozxonlar namoz o‘qiy boshlaganlar. Iyd bayrami kuni xon yaqinlari bilan iyd namozini o‘qish uchun Ichan qal’adan tashqaridagi namozgohga borayotib masjid oldida ta’zim qilib turgan Sayid Niyoz Sholikorga «Madrasa muborak» deb o‘tib ketibdi. Sayid Niyoz, «xon nima uchun bunday dedilar» deb taa’jjubda qoladi. So‘ngra xonni aytgan so‘zi havoda qolmasin deb masjidning sharq tamonida madrasa qurilishini boshlab yuboradi”.
Masjidning uch tomonida uchta eshik bo‘lib masjidga shimol tomondagi asosiy eshikdan ayvon orqali kiriladi. Ayvonda uchta ustun bor. Ularda yog‘och o‘ymakorligining eng yaxshi an’analari aks ettirilgan. Ayvon devorlariga ganch o‘yma usulida figurali pannolar ishlangan. Minorasi shaharning hamma eridan ko‘rinib turadi. Minoraning yuqorisiga chiqish uchun ichida aylanma zinasi bor. U juda ixcham va bezaklarga boy. Tepasiga karniz sharafasining ostiga mezana ishlangan. Madrasa ikki qavatli bo‘lib, birinchi qavatida beshta hujra bor. Ikkinchi qavatida oltita hujra bo‘lib shimol tomonga qaragan, bitta ayvon bor.
Masjidning qurilishi Xiva xoni Olloqulixon davriga to‘g‘ri keladi. Masjid qurilishida me’mor oldiga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat edi:- ko‘p odam sig‘adigan usti yopiq joy, hovlining ichki tarafida musulmonlar salqinlansa bo‘ladigan maydonchalar. Sayid Sholikorboy masjidi majmuasida ham xuddi shunday. Bino to‘qqiz gumbazli, to‘rt tomonli masjid, ikki qavatli madrasa, minora va ikkita hovlidan iborat. Shimoliy-sharqiy tomonda esa ikki qavatli madrasa qurilgan. Bu madrasa va kirish qismidagi hovlida minora joylashgan.
Balandligi 24 m, asosini diametri 4.5 metr bo‘lib, pishiq g‘ishtdan qurilgan. Hozirgi vaqtda minora ozgina qiyshaygan bo‘lib, olimlar tomonidan buning asoratlarini yo‘qotish ishlari davom qilmoqda.
Sayid Sholikorboy masjidi