“Ko‘xna -Ark” Xivaning qadimiy qal’asi “Ichan-Qal’a”dagi xon saroylaridan biri. Bu erda “Qadimgi Xorazm” bo‘limi ekspozitsiyasi tashkil qilingan. Umumiy maydoni 130x93m.
«Qadimgi Xorazm» bo‘limi ko‘rgazmasi xonlar masjidida «Qadimgi Xorazm» ko‘rgazmasi tashkil topdi. Ko‘rgazmada joylashgan eksponatlar soni 439 tashkil qiladi. Ular asosan Xorazm tarixining antik davridan Xiva xonligi tashkil topishigacha bo‘lgan tarixiy davrni o‘z ichiga oladi. Muzey 1920 yilda tashkil qilingan. “Qadimgi Xorazm” bo‘limida Xiva xonlarining taxti turgan zal va qabulxona ayvoni, o‘tov, 2 ta devonbegi ekspozitsiyalari, “Xorazm sopoli” ekspozitsiyasi, Xiva xonligi davrida tanga, pul ishlab chiqarilgan zarbxona, xonlarning yozgi va qishki masjidlari, qishki masjidda “Qadimgi Xorazm” ekspozitsiyasi joylashgan. Bo‘limda jami 984 ta eksponat bor. Bo‘limda eng qiziqarli eksponat - bu Xitoy kulollari tomonidan ishlangan Xitoyning Tanь imperiyasi davriga oid 700 yillik tarixga ega Xitoy chinni lagani.
Bo‘limda qayta jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Navbatdagi vazifalarimizdan biri O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlab ko‘rgazmalar tashkil qilish, mustakillik bayramini munosib kutib olish, sayyohlarga namunali muzey xizmati ko‘rsatishdan iborat.
Ko‘hna Ark majmuasi – Qadimgi Xorazm bo‘limi

Masjid qurilishi sanasi XIX asr.
Ko‘rgazma joylashgan foydali maydoni 160kv.m