Sayid Alovuddin maqbarasi – Xorazm hunarmandchiligi ko‘rgazmasi
Maqbara “Ichan-Qal’a” arxitektura yodgorliklari ichida eng qadimiylaridan biridir. Maqbara XIV asrni boshlarida qurilgan va bitta ziyoratxona va go‘rxonadan iborat.
Asrlar davomida atrofida qabrlar ko‘payib ketganligi uchun maqbara er sathidan past qolib ketgan. Arxeologik tekshirishlar natijasida yodgorliklarni avvalgi ko‘rinishi va tarixiga oid ko‘pgina ma’lumotlar to‘plangan.
O‘tmishda yashagan tarixchi Ahmad Roziy, Xorazmlik mashhur shayxlar ro‘yxatiga Sayid Alovuddinni ham kiritib uni Shayx Najmiddin Kubrodan keyin yirik shayx bo‘lgan deydilar. Bu so‘zlarni hazrat Jomiy va Navoiy asarlarida ham o‘qisa bo‘ladi. Xorazmlik Safarzoda Bobojon o‘g‘lining Xorazm avliyolari haqidagi qo‘lyozmasida shunday deyiladi, “Bu kishi XIII asrda tug‘ilgan Xorazm o‘zbeklaridandur. U yigitlik chog‘ida maktab, madrasani tugatib, maktabdorlik qilgan va masjidlarning maktabxonasida bolalarni o‘qitadurgan mulla bo‘lgan. Pahlavon Mahmudni ham maktabda o‘qitgan ustozi sanaladi”.
Maqbaraning go‘rxonasida muqaddas hisoblangan ajoyib sirkor dahma joylashgan, dahma juda chiroyli yashil, ko‘k va oq rangli koshinlar bilan qoplangan. Bu koshinlardagi barcha naqsh gullari bo‘rtmaligi bilan odatdan tashqari bir go‘zallik kashf etadi. Bunday koshinlar Xivada yagona bo‘lib, uning tengdoshi va o‘xshashi Ko‘hna Urganchda Shayx Najmiddin Kubro, Samarqanddagi Shohi Zindadagi Qusam ibn Abbos qabrida uchraydi.
Maqbarani shayx Sayid Olovuddinning shogirdi va muridi, naqshbandiya mazhabining taniqli namoyandasi so‘fi Amir Kulol (1380 yilda vafot etgan va Shahrisabzda Amir Temur tomonidan dafn qilingan) qurdirgan.