Yangi usul maktabi 1910 yilda evropacha uslubda ikki qavatli qilib, Islom Xo‘ja tomonidan madrasa va minorasi oldida qurilgan. Maktabning birinchi va ikkinchi qavatlarida dahliz va to‘rttadan xonalari bor.
Bu maktabda qur’on bilan bir qatorda rus tili, matematika, geografiya, tabiatshunoslik va badantarbiya fanlari ham o‘qitilgan.
1990 yilda binoda «Xalq ta’limi tarixi» muzeyi ochildi. 2004 yilda bino qayta ta’mirlanib, birinchi qavatida o‘zbek kinosining asoschisi, fotograf-kinooperator O‘rta Osiyoda birinchi bo‘lib foto-kino san’atiga asos solgan Xudoybergan Devonov faoliyatiga bag‘ishlangan doimiy ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi.
Devonovdan qolgan boy madaniy meros, tarixiy fotosuratlar va kinolavhalar vatanimiz tarixini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda.
Yangi uslubda o‘qitish (jadid) maktabi