Joriy yilning 14-16 sentabr kunlari - dunyo bo‘ylab «Ochiq osmon ostidagi muzey” deya e’tirof etib kelinayotgan qadim Xiva shaxrinig “Ichan – Qal’a” muzey-qo‘riqxonasi - “Raqs sehri” halqaro festivali sharofati bilan yanada yashnab – yasharib ketdi.
Festival munosabati bilan “Xorazm musiqa tarixi” bo‘limida “O‘zbekiston raqs darg‘alari” mavzusida ko‘rgazma tashkil qilindi.
O‘zbek raqs san’ati tarixi ko‘p asrlarga borib taqaladi. Eramiz boshida Xorazmshoxlar poytaxti bo‘lgan Tuproqqal’a shaxrini o‘rgangan arxeolog, akademik S.P.Tolstov arxealogik qazishmalari vaqtida u erdagi zallardan birini “Niqobda raqs tashuvchilar zali” deb nomladi. Insoniyat xozirgi kunda bu o‘tmishdan tosh, loy, yog‘och, metall va boshqa narsalarda qotib qolgan yuksak darajadagi san’t asarlari bilan faxrlanadi.
O‘zbek raqslarida, boshqa san’at turlariga qaraganda xalqning o‘ziga xos xarakteri - isyonkor quvvati va xayotga bo‘lgan zavqi yanada namoyon bo‘ladi. Uning raqsida biz gavdaning bo‘lakcha xarakatlarini, murakkab va oddiy imo ishora va qochirimlarida inson ruhiyatining kechinmalari va atrof – muhit, tabiatning, xayvonot, qushlar dunyosining bir – biriga xamohang bo‘lishini va bu asnoda turli xarakatlar, musiqa ohanglari orqali yagona bir qonunga bo‘ysunishini kuzatamiz. Bu holat asosan raqs jarayonida inson tanasining qo‘llar, ko‘krak, tizza, elka va boshqa qismlarining moxirona xarakatlarida juda seziladi. Inson va tabiatning yanada uyg‘unligini keng kamrovda ifoda qiladi.
Ko‘rgazma tamoshabinlarda ayniqsa yosh avlod vakillari va chet ellik sayyohlarda katta ta’surot qoldirdi. Bu o‘z navbatida barcha eldoshlarimizni yangi – yangi mehnat yutuqlarini qo‘lga kiritishga, xayotimizni huddi raqslardek go‘zal va maftunkor bo‘lishiga undashiga shak – shubha yo‘q.
O‘zbekiston raqs darg‘alari