Qadim Xivada – «Gurvak – Xorazm qovunchligi ramzi” shiori ostida qovin sayli.

     Xorazm viloyati Hokimining 2018 yil 30 iyuldagi "Gurvak - Xorazm qovunchiligi ramzi" savdo ko’rgazmasini o’tkazish to’g’risida"gi 425-sonli majlis bayoniga asosan joriy yilning 12 avgust kuni Xiva "Ichan-Qal'a" davlat muzey-qo’riqxonasi hududida qovun sayli tashkil etildi.

"Ota darvoza" old maydonida bo’lib o’tayotgan qovun saylida tumanlar pavilonlari tashkiletilgan holda, o’z hududlarida yetishtirgan qovun-tarvuz va boshqa mevalar ko’rgazmasi namoyish etilmoqda.

     Tadbirlar doirasida maxsus ssenariy asosida sahnalashtirilgan xalq og’zaki ijodi namunalari, qo’irchoqbozlik ko’rinishlari va teatrlashtirilgan tomoshalar namoyish etilmoqda. Shuningdek, soat 19.00 da Ko’hna ark maydonidagi sahnada yakuniy gala konsert tashkil etilishi belgilangan. Gala konsert doirasida nominasiyalar bo’yicha taqdirlash marosimi bo’lib o’tadi.

     Tadbirlarga viloyatda faoliyat yuritayotgan ashula va raqs ansambllari, folklor-etnografik jamoalari, teatr aktyorlari bilan birgalikda O’zbekiston xalq artistlari, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar, "Nihol" mukofoti sovrindorlari, taniqli estrada xonandalari va yosh ijodkorlar jalb qilinadi.

     "Ota darvoza" oldida tashkil etilgan sahnada va hududlarga berkitilgan maydonlarda madaniy tadbirlar, sahna ko’rinishlari va konsert dasturlari namoyish etilmoqda. Xiva "Ichan-Qal'a" davlat muzey-qo’riqxonasi hozirda ertaknamo ko’rinish olgan. Xorazm viloyati musiqali drama teatri aktyorlari qadimiy soqchilar, saroy xizmatchilari va buyuk siymolar obrazida namoyon bo’lmoqdalar.

     Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri aktyorlari tomonidan sahnalashtirilgan qo’g’irchoq tomoshalari ham olqishlarga sazovor bo’lmoqda. Qovun sayli va sayil doirasida o’tkazilayotgan madaniy tadbirlar mahalliy va xorijiy sayyohlar nigohida katta taassurot qoldirmoqda.