“Qadimgi Xorazm shaharsozlik madaniyati” ko‘rgazmasi davom etmoqda
Shaharlar boqiydir, umr o‘tkinchi,
Daryolar sobitdir, suvlar ko‘chkinchi.
M.Shayxzoda.
Mustaqilligimizning ilk yillaridayoq “Shaharsozlik kodeksi” qonuni qabul qilindi. Milliy me’morchilik va shaharsozlik qadimdan rivojlanib kelayotgani tarixdan ma’lum. Bugungi kun shaharsozlik yutuqlari qadimgi me’morchiligimiz rivoji bilan bog‘liq. Qadim antik shaharlarga ko‘rinish beradigan asosiy narsa – bu qal’a devorlaridir. Uning asosiy vazifasi shaharni tashqi dushmandan himoya qilish.“Bu ko‘hna tuproqda milodgacha bo‘lgan davrda va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, hali – hanuz o‘zining ko‘rku tarovatini saqlab kelayotgan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan o‘lkamizda me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak darajada rivojlanganidan dalolat beradi. Mamlakatimiz hududida mavjud bo‘lgan 4000 dan ziyod moddiy ma’naviy obida umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi,”- degan edi mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.Karimov.
Xorazmda aniq ilmlar erta davrlarda rivojlangan va ulardan amaliy ishlarda keng foydalanilgan. Qadimgi xorazmlik mutaxassis muhandislar katta sug‘orish inshootlarini qurish jarayonida yoki qal’a qurilishida ko‘plab geometrik o‘lchov usullarini keng qo‘llab, o‘z davri uchun ajoyib yutuqlarga erishganlar. Buyuk xorazmlik olim Abu Rayhon Beruniy Xorazmning o‘zini Amudaryoning mahsuli degan. Bir paytlar daryo Balxor tog‘lari yaqinidan o‘tib, Kaspiy dengiziga quyilgani, uning bu o‘zani atrofida 300 dan ortiq shaxar va qishloqlar joylashganligini aytgan va bu so‘zlariga Ptolomeydan dalillar keltirgandi. Ularning xarobalari bugungi kungacha saqlanib qolgan. Shaharsozlik tarixida qadimgi davrlardan ma’lum bo‘lishicha, bir guruh me’mor – muhandislar tomonidan tayyorlangan bo‘lg‘usi qurilishning loyihasi hukmdorlar saroyida muhokamaga qo‘yilgan. Qadimgi Xorazm shaharsozlik va me’morchiligining hozirgi vaqtlardagi qurilish ashyolari va qurilish usullari o‘rtasidagi bog‘lanishlarda bir oz o‘zgarishlar yuz bergan. So‘ngi davrlarda aholi turar joylari va shaharsozlikda asosan, qal’alardagi qurilishlarda pishgan g‘ishtlar ko‘p qo‘llanilmoqda.
Barcha tarixiy davrlarda xorazmliklarning hayoti Amudaryoning yovuz fe’li bilan kurashda o‘tgan. Xorazmliklarning ham yirik bir qismi daryoning “ketidan borib”, yangi o‘zani atrofida o‘rnashganlar. Beruniy aytgan bu so‘zlar XX-asrda S.P.Tolstov va Ya.G‘ulomovlar boshchiligida olib borilgan arxeologik qazishmalar bilan tasdiqlandi. Aftidan u paytlardagi Xorazm keyingi davrdagiga nisbatan janubi g‘arbroqda joylashgan bo‘lgan, yozma manbalarda mil.av. VII-VI-asrlarda Xorazmning geografik o‘rni ancha janubdagi erlarni, xatto Hirot atroflarini ham o‘z ichiga olganligi haqida ma’lumotlar bor. Daryoning o‘zani o‘zgarishi bilan uning atroflarida suv inshootlari, to‘g‘onlar qurish va katta-kichik ariqlar ochish kerak bo‘lgan. Natijada dexqonchilik tez suratda rivojlangan, daryo va ariqlar atrofida axoli jips o‘rnashgan maskanlar paydo bo‘lgan. Bu esa keyingi bosqichda shaxarlashishning kuchayishiga olib kelgan. Mil.av. IV-III-asrlarda Xorazmda Jonbosqal’a, Bozorqal’a, Qo‘yqirilganqal’a, Tuproqqal’a kabi qator shahar-qal’alar vujudga keladi. Shaxarsozlik keyingi davrlarda ham davom etadi va Amudaryoning ham o‘ng, ham chap sohillari to VIII-asrdagi arablar istilosigacha o‘zlashtirilib boriladi. Buyuk ipak yo‘lining shakllanishi mintaqa shimolidagi dasht yo‘llari faoliyatida ham katta o‘zgarishlar keltirib chiqardi. Qadimda Markaziy Osiyoda davriy ravishda iqlimning keskin isib ketishi yuz berishi natijasida, mintaqa shimolidagi hududlarda eramizning II-III asrlarida o‘zgarishlar kuzatilgan. Bu o‘zgarishlar o‘simliklar olamiga, chorvador qabilalar xo‘jaligi va turmush tarziga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu jarayonlar dashtdagi shimol qabilalarining turli yo‘nalishlarda migratsiyasini keltirib chiqardi. Ularning bir qismi Sibirь o‘rmonlariga, bir qismi Xitoyga, bir qismi Sug‘d erlariga-Amudaryo va Sirdaryo havzasiga kirib keldilar.
Tashqi aloqalar mintaqadagi ichki yo‘llar tarmoqlarining kengayishiga va tegishli xizmat ko‘rsatish tizimi hamda savdo-sotiq rivojiga xizmat qildi. Bu jarayonlar Markaziy Osiyodagi keyingi tarixiy davrlarda yanada jadal tus oldi. Endilikda Buyuk ipak yo‘lining asosiy tarmog‘i Vizantiya (sharqiy Rim) imperiyasi, Eron Sosoniylari, Eftalitlar keyinchalik Xorazm, Turkut xoqonligiga qaram Xitoy davlatlari hududlaridan o‘tishi natijasida Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab keng miqyosdagi savdo-sotiq jarayonlari bo‘lib o‘tdi, diplomatik shartnomalar hamda harbiy ittifoqlar tuzildi.
Qo‘yqirilgan qal’a
Qo‘yqirilgan qal’a Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida joylashgan. Qo‘rg‘on e.a. IV-III asrlarda qadimgi Xorazm an’analariga asosan qurilgan. O‘n sakkiz qirrali bu qal’a boshqalaridan doira shaklidaligi bilan ajralib turadi. Devor aylanasi 865 m. ni tashkil qiladi. Qo‘rg‘onning o‘rtasida ikki qavatli tsilindrsimon bino joylashgan. Pastki qavati to‘qqiz xonali uydan iborat. Uning hamma xonalari ikki qavatli gumbazlar bilan bostirilgan. Markaziy uy bilan qo‘rg‘on devori oralig‘idagi ochiq qoldirilgan erga oz-ozdan xo‘jalik va aholi turadigan joy sifatida xonalar qurilgan. Qo‘yqirilgan qal’ani arxeologik va etnografik o‘rganish natijasida undan juda ko‘p qadimgi Xorazm madaniyatining namunalari topildi. Qadimgi xorazmlik erkak kishining yuz qiyofasi real ko‘rinishi bilan aks etgan portreti va yirik holda toshdan yasalgan bosh haykalining topilishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu erdan ko‘pgina assuariy (ostadon) lar topilgan. Shuningdek, qal’ada osmon jismlari o‘rganilgan rasadxona bo‘lgan.
Arxeologik topilmalar shuni ko‘rsatadiki, e.a. IV-III asrlarda Xorazmda rasm chizish, musiqa bilan shug‘ullanish, raqs san’ati, teatr san’ati keng rivojlangan edi.
Manjanaqning hodisalar toshbo‘roni
Qasd etsa-da, bu qamalni yiqa olmas,
Dajla, Nil va Sayxun yanglig‘ chor atrofi
Xandaq bilan zich o‘ralgan: misli olmos.
Mashhur tarixchi Rashididdinning o‘rta asr qal’alariga atab aytilgan bu ramziy ifodasi to‘liq ma’noda antik davrda qurilgan Qo‘y qirilgan qal’aga ham taalluqlidir. Qadimgi Xorazm qal’a devorlaridagi shinaklarning umumiy soni bir necha yuzgacha etgan. Masalan, Qo‘yqirilganqal’a markaziy binosining tashqi devorida 114 shinak bo‘lgan (KPDX, 1967, 280-bet). Markaziy Osiyoning boshqa mintaqalarida bo‘lgani kabi, qadimgi Xorazmda ham eng ko‘p topiladigan narsa yadrodir. Yadroni tarkibiga qarab uch guruhga bo‘lish mumkin: loydan yasalgan, pishirilgan, tosh yadrolar. Qo‘yqirilgan qal’adan asosan loy yadrolar topilgan. Qo‘yqirilgan qal’adan topilgan ko‘pgina yong‘in izi qolgan yadrolar, mutaxassislar fikriga ko‘ra qal’ani qamal qilgan lashkarga qarashli bo‘lgan (Qo‘yqirilgan qal’a, 1967, 61-bet, Gudkova). Soxta shinaklar qo‘yilib, unda burjlar oralig‘idagi uchastkalarda ikki qavat qilib joylashtirilgan 17 ta shinakdan uchtasigina haqiqiydir.
Qadimgi va ilk o‘rta asrlardagi Xorazmning nafaqat Markaziy Osiyo, balki umuminsoniyat madaniyatiga qo‘shgan xissasi ulkandir. Xorazmliklar qadimgi davrlarda o‘zlarining oromiy alifbosiga asoslangan yozuvlarini ixtiro qilib, uni o‘z tillarining xususiyatiga moslashtirganlar. Bu yozuvning eng qadimgi namunasi Qo‘yqirilgan qal’adan topilgan bo‘lib, u mil.av. IV asrga taalluqlidir.
Qadimgi Xorazmda tasviriy san’at va xaykaltaroshlik ham yuksak darajada rivojlangan edi. S.P. Tolstovning Tuproq qal’ada (mil.III asr) olib borgan 1946-1947-yillardagi qazishmalari natijasida topilgan nodir badiiy yodgorliklar tadqiqotchilarni xayratda qoldirgan.
Xiva “Ichan qal’a” muzey qo‘riqxonasining Qadimgi Xorazm madaniyati tarixi bo‘limida “Qadimgi Xorazm shaharsozlik madaniyati” ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Ko‘rgazma 1 martdan 30 martgacha davom etadi. Ko‘rgazmada qadimgi qal’alardan arxeologlar tomonidan topilgan ashyolar namoyishga qo‘yilgan. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar bu erda Qo‘yqirilgan qal’aning maketini, Qadimgi Xorazm qal’alari xaritasini, Anaxita, xorazmlik ayol haykalchalarini; Muqaddas olov mehroblari, Sukunat minorasi, Tarozi kabi kartinalarni va Eski Xorazm yozuvi namunalari kabi o‘nlagan eksponatlarni ko‘rishi mumkin.
Ko‘rgazma tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda, ayniqsa yoshlar o‘z Vatani tarixiga oid bo‘lgan bu ko‘rgazmani guruh-guruh bo‘lib tomosha qilmoqdalar, savollar berib o‘z taassurotlarini orttirmoqdalar.
Qadimgi Xorazm madaniyati tarixi bo‘limi mudiri Meylieva Z