Qadimiy Xiva – sayyoxlar nigoxida.

Bugun 30 mart 2017 yilda Xiva shaxriga birinchi turpoezdda 45 ta sayyoxlar tashrif buyurishdi. Ular Buyuk Britaniyaning «Golgen Eagle» va Avstraliyani «Capitan Cheist» sayyoxlik tashkilotlarining xodimlaridir. Ushbu sayoxat Rossiyalik turoperator Kolesnikova Tatyana boshchiligida va Uzbekiston tamonidan Verus Verl sayyoxlik firmasi vakili Yalangskaya Viktoriya katnashuvida tashkillashtirilgan.

      Bu sayyoxlik yunalishi yukoridagi turfirmalarning kelishuviga asosan Rossiya, Kozogiston, Uzbekiston, Turkmaniston, Eron davlatlaridagi tarixny me’moriy obidalarni tomosha kilish maksadida amalga oshirilayapdi. Sayoxatda Buyuk Britaniya, AKSh, Belgiya, Avstraliya, Yangi Zellandiya davlatlaridan yigilgan sayyoxlar ishtirok kilishmokdalar.

      Sayyoxlarning kupchiligi maorif va oliy ukuv yurti tizimidagi xizmatchilardan iborat bulib - sayyoxat davomida olgan ta’surotlarini uz yurtlarida targibot kilib, kelajakda yangidan - yangi sayyoxlik yunalishlarni ochilishi va yurtimizga kuplab vatandoshlarini tashrif buyurishlariga uz xissalarini kushish niyatidalar. Ayniksa Artur Gorden, Novella Morfi, Karen Opellu va Fibis Madiklar sayoxatdan tassurotlari cheksizligini e’tirof kilishmokda.

     Sayyoxatchilarning Uzbekiston va uni mexmondust xalkidan ta’surotlari bir olam, ular me’moriy obidalar uygunligidagi majmualar jilosidan xayratlarini yashirishmayapdi. Ayniksa milliy xunarmandchilik - mis uymakorligi, ipakchilik, yogoch uymakorlngi, tasviriy san’at va musika san’ati namunalarini kayta – kayta tomosha kilishdan kuvonchlarini yashirishmadi. Ularga kadimiy shaxrimizda  Xiva "Ichan -Kal’a" Davlat muzey-kurikxonasi ekskursovodlari Yuvakaeva Inessa  va Madrimova Dilya xamroxlik kildilar.

     Jumladan Artur Gorden uzining ta’surotlarini kuydagicha tasvirladi - «Xiva sexirli shaxar ekan, biz kurgan kupgina shaxarlarga karaganda tozaligi, shinamligi va shovkinsizligi xayratimizni oshirdi. Shaxringizda xamma odamlar uz ishlari bilan band ekan. Ayniksa tarixiy obidalar uz xusni tarovatini yukotmagani bizni ajablantirdi. Uzbek xalkini tarixini, madaniyatini va san’atini daliliy ashyolar orkali muzey ekspozitsiyalarda kursatilishi bizni yanada xayron koldirdi".