Hokim Qutlug‘ Murod inoq tomonidan pishiq g‘ishtdan qurilgan bu ikki qavatli madrasa zamonasining eng katta va badavlati edi. Madrasa Toshhovli saroyining janub tomonida bo‘lib, baland joyda qurilgani uchun oldidagi maydon pastida savdo rastalari-do‘konlar joylashgan.
Inoq madrasasining qurilish uslubi XVI-XIX asr Buxoro me’morchiligi an’analariga o‘xshaydi. Chunki, madrasaning guldastalaridagi (burchakdagi minoralar) sirlanmagan qavariq-bo‘rtma naqshli terrakotalar, kirish eshigi ustidagi balkondagi ganchdan ishlangan muqarnas naqshlar, ganch o‘ymakorligi san’atidagi naqshlarning Buxoro me’morchiligiga o‘xshashligi, bu qurilishda Buxoro ustalari ham qatnashgan bo‘lishi mumkin degan xulosani beradi. Madrasaning g‘ishtlari Amudaryo shimolidagi Ulli bog‘da pishirilib, kema bilan keltirilgan. Unda 81 hujra, darsxona, masjid bo‘lib, masjidning kirish eshigidagi yozuvdan, uning hijriy 1221, melodiy 1806 yilda qurilgani ma’lum bo‘ladi.
Madrasaning kirish eshigi va darsxona eshiklarining kesagisi va tavaqalari ikki qatlamli nihoyatda chiroyli geometrik va o‘simliksimon o‘yma naqshlar bilan bezatilgan bo‘lib, ularga yozuvlar bitilgan.
Madrasa ichki hovlisida er osti hovuzi-sardoba mavjud. Qariyalarning so‘ziga qaraganda, ushbu sardoba shahardagi eng qadimgi suv manbai bo‘lib, ushbu chashma yonida shahar paydo bo‘lgan. Ya’ni, ushbu sardoba qadimgi mashhur Xivaq qudug‘idir. Bu sardoba madrasa qurilgach, ichkarida qolgan va u shaharliklarni qamal vaqtida ichimlik suvi bilan ta’minlagan.
Ushbu madrasani bino qildirganida Qutlug‘ Murod inoq vasiyat qilgan bo‘lib, unga ko‘ra vafotidan keyin uni shu erga keltirib dafn qilishlari kerak edi. Olloqulixon davrida uning vasiyati bajarilib, o‘zi qurdirgan qabrga dafn qilganlar.
Madrasada Tasviriy san’at muzeyi va Hunarmandlar uyushmasining bo‘limi joylashgan.
Qutlug‘ Murod inoq madrasasi