SAYYOHLAR E'TIROFI

 Konstantin Bonder ( Novorossiysk, Rossiya):
-- O‘zbekistonga, tarixiy shahar Xivaga kelish  ko‘pdan orzumiz edi.  Ertaknamo  ko‘rinishdagi obidalar bo‘ylab sayohat qilib, muzey bo‘limlaridagi  eksponatlar bilan tanishib unutilmas taassurotlar oldik.
     Ayniqsa , sayohatimiz  Navro‘z bayramiga to‘g‘ri kelganligi quvonchli bo‘ldi.  Milliy qadriyatlar bilan yaqindan tanishdik . Ichan qal’adagi sumalak saylida bevosita ishtirok etib milliy taomlardan  bahramand bo‘ldik, konsert dasturlaridan juda zavqlandik.