TANGALAR KO'RGAZMASI

“Ichan-Qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi “Xorazm xonligi zarbxonasi tarixi” bo‘limi “Tangalar ko‘rgazmasi” nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.
  Ko‘rgazmada Xiva xonligi davrida  zarb qilingan haqiqiy  kumush, mis  va tilla tangalar namoyishga qo‘yilib,  turli xil davrda zarb qilingan tangalar haqida bo‘lim mudiri Azamat Qurbonov va tarix fanlari nomzodi ustoz  Komiljon Xudayberganov keng ma’ lumot berib  o’tdi.
  Ko‘rgazmada barcha muzey qo‘riqxona ilmiy xodimlari va bo‘lim mudirlari mahhalliy va xorijiy sayyohlar qatnashdilar va o‘zlarini qiziqtirgan tangalar tarixi haqidagi savollarga javob oldilar va tadbir so‘ngi coffe break tashkil qilindi.