XALQARO TURIZM YARMARKASI

Xorazm viloyati delegatsiyasi "Ipak yo'lida turizm" Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok qildi

Xalqaro maydonda tobora nufuzi oshib borayotgan "Ipak yo'lida turizm" 29 - Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi bo'lib o'tdi.

Yarmarkaning Xorazm viloyati stendida viloyatimizning buyuk tarixini aks ettiruvchi Chodra hovli maketi, yashil turizmni belgisi sifatida "Gujum" daraxti, Ichan qal'aning loydan yasalgan maketi, Xorazmning o'ziga xos gastronamik turizm burchagi, Xiva qudug'i, Ichan qal'a davlat muzey qo‘riqxonasiga VR tur hamda tadbirkorlar uchun B2B zonalari joy oldi.

✅Shuningdek yarmarkada Xorazm viloyatining turizm salohiyati targ'ib qilindi.
✅Hususan Ichan-Qal'a davlat muzey-qo'riqxonasi xodimlari ham  faol qatnashib muzey -qo'riqxonamizdagi noyab ashyolar va navqiron yodgorliklarimizni targ'ib qilish jaroyonlarini tashkilashtirdilar

Xorazm viloyati "ENG GAVJUM STEND" naminatsiyasi bilan faxrli o'rinni egallab elektromobil bilan taqdirlandi.