Xivaq qudug‘i

Shaharning shimoli – g‘arbiy burchagida bir xususiy uy ichida saqlanib qolgan bu quduq Xiva qal’asining qurilishiga sabab bo‘lgan. Bundan 70 yillar oldin bu quduq Sa’dulla ismli kishining uyida bo‘lgan. Shu vaqtda quduqning chuqurligi o‘n metrcha bo‘lib, uning eng pastki qismi sazaq – saksovul daraxtidan terib chiqilgani va uning ustidan pishgan g‘ishtlar terilgani aniqlangan. Bu shundan dalolat beradiki, quduq haqiqatan ham qadimgi va uni keyinchalik ta’mirlashgan. Ana shu ta’mirlash vaqtida ustki qismi pishgan g‘ishtlar bilan terilgan, pastki qismini suv chiqib turgani sababli ta’mirlash imkoni bo‘lmagan.