XORIJLIK FOTOMUXBIRLAR XIVADA

      Shu yil 4 mart kuni dunyoning turli mamlakatlarida  faoliyat olib borayotgan  fotomuxbirlar tarixiy Xiva shahriga tashrif buyurishdi. Amerika, Hindiston, Braziliya, Kolumbiya, Avtraliya va boshqa davlatlarning ommaviy axborot vositalari  vakillari uchun  Ichan qal’a davlat  muzey-qo‘riqxonasi  bo‘ylab sayohat tashkil etildi.
      -- Tarixiy shahar manzaralari bizni hayratga soldi, --deydi hindistonlik Divya Gogri. – Ayniqsa, me’moriy obidalar, minoralar, xalq amaliy san’ati namunalari unutilmas taassurotlar baxsh etdi.  Bu ertaknamo ko‘rinishlarni  ommaviy axborot vositalarida keng targ‘ib qilish uchun hamkasblarimiz bilan surat va  videotasvirlarga muhrladik. Men yurtimga borgach  eldoshlarimni ham Xivani tomosha etishga taklif qilaman.
      Muzey shaharning dunyo bo‘ylab targ‘iboti albatta kelgusida vohaga sayyohlar oqimining oshishi, binobarin turizm rivojiga  xizmat qiladi.