O‘zbekiston 24 telekanali xodimlari kadim Xiva shaxrida

2017 yil 14 noyabr kuni  O‘zbekiston 24 telekanali xodimlari kadim Xiva shaxrida bulib – «Ichan-Kal’a» davlat muzey kurikxonasi xududidagi betakror tarixiy yodgorliklar bilan tanishdilar.  Ular bilan muzey qo‘riqxona ilmiy xodimi Abdullaeva Zaynab - “Jome” masjidida “Masjid eshigidagi yozuvlar” mavzusida suxbat utkazdi. 

 Masjid kirish eshigida: “Amallaring eng yaxshisi najot beruvchisidir.

Mol-mulkning eng yaxshisi kifoyat qiluvchisidir” xadisi yozilgan.

 Janubiy tomondagi eshik ham qadimiy bo‘lib unga “Toyyiba” kalimasi va ustaning ismi yozilagan. Juma masjidida ming yillik davrda shakllangan ajoyib yog‘och o‘ymakorligining bebaxo durdonalari to‘plangan. Ularning ishlanish uslubi, naqshlarining yasalishidan qaysi asrga taaluqli ekanini, shu davrda xunarmandchilikni qay darajada rivojlanganini aniqlash mumkin. Masjidda Xorazm uymakor ustalarining X-XIX asrlarda yaratgan noyob ustunlaridan 213 tasi xozirgi kungacha saklanib kelmokda.

           

Televidenie xodimlariga Xiva “Ichan qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasi xodimi Maylieva Shahrizoda tomonidan “Xalq amaliy san’ati” muzeyi kulolchilik bo‘limida “Xorazm kulollari” mavzusida suxbat utkazildi.

 Xorazm kulollari azal-azaldan qora loydan mo‘jizakor go‘zallik yarata olishgan. Xorazm kulolchiligi juda qadimga borib taqaladi. Xorazmda olib borilgan arxeologik kazishmalarda eramizdan oldingi VI-IV asrlarga oid sapol buyumlar va xaykalchalar koldiklari topilgan. Xorazm kulolchiligida asosan tabiiy ishqor siridan tayorlangan maxsulot tayyor bo‘lgan buyum yuziga surtiladi va xumbuzda 1000 – 1200 darajada pishiriladi. Pishitilgan ishqor loyga shunday kirishib ketadiki, keyinchalik tabiyy sharoitlarda uz xususiyatini yuz yillar davomida yo‘qotmaydi.

Har bir xunarning o‘ziga xos mashaqqati sir – asrorlari buladi.Ota – bolalarimiz qadimdan kulolchilik sirlarini va tajribalarini o‘z avloldlariga o‘rgatishgan xar bir maxsulotning sifatiga, badiiyligiga, foydalanish uchun qulayligiga, uning umrboqiyligiga alohida e’tibor berganlar. Shuning uchun oddiy sopol piyolalardan tortib tarixiy yodgorliklarimizni bezab turgan koshinlarning umirboqiyligi dunyo ahlini lol qoldirib kelmoqda.

            Shu kuni Xiva shaxar 8-son maktab o‘quvchilariga Xudoybergan Devonov doimiy ko‘rgazmasida “O‘rta Osiyoda birinchi kinooperator” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Xudoybergan Devonov O‘rta Osiyodagi birinchi fotorgaf va kino operator olim. Xiva shahrida tug‘ilib, Xiva madrasalarida ta’lim olgan iste’dodli Xudaybergan - Xiva xoni Muhammad Raximxon xomiyligida Rossiyaga kinooperatorlik soxasini mukammal o‘rganish uchun yuboriladi. U erdan suratga olish asboblarini olib keladi va bir nechta ovozsiz filьmlarni suratga oladi. Bu kinofilmlar xalqimiz tarixi, madaniyati,  turmush tarzini o‘rganishda muxim ahamiyatga egadir. O‘z vatani va xalqi uchun buyuk ishlarni amalga oshirgan Xudaybergan Devonov nomi abadiylashtirilib, Ichan Qal’a muzey qo‘riqxonasida uning doimiy ko‘rgazmasi ochilgan. Ochiq dars o‘tkazishdan maqsad - yosh avlodni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash, ilm-ma’rifatga intilish va har qanday to‘siqni engish uchun komil inson bo‘lib etishishga undashdan iborat.